Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maelba (munozara | hissa)
k Tashqi havola qo'shildi
Maelba (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Islom}}
'''Muhammad''', Muhammad ibn Abdulloh (570/571, Makka — 632, Madina) — [[Islom dini|islom]] dini va birinchi [[Musulmon|musulmonlar]] jamoasi asoschisi. Musulmonlar eʼtiqodiga koʻra, Allohning oxirgi paygʻambari va uning elchisi. Shu maʼnoda uni Rasululloh, Rasuli Akram deb atash odat tusiga kirgan. Baʼzi diniy manbalarda Muhammadning 99 nomi keltiriladi. Islom taʼlimotiga koʻra, Muhammad nomini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" (s.a.v.) yoki "alayhissalom" (a.s.) deb salovat aytib qoʻyish vojib hisoblanadi. Muhammad orqali odamlarga [[Qurʼon]] nozil qilingan.
 
[[Quraysh]] qabilasining hoshimiylar urugʻiga mansub, uncha boy boʻlmagan, lekin [[Makka]] zodagonlariga yaqin oilada tugʻilgan. Muhammadning bolalik va oʻsmirlik yillari haqidagi maʼlumotlar juda kam. Muhammad goʻdakligidayoq yetim qolgan; tugʻilmasidan avval otasi Abdulloh, 6 yoshligida esa — onasi Omina vafot etgan. Muhammadni oʻz tarbiyasiga olgan bobosi Abdulmuttalib ham koʻp oʻtmay olamdan oʻtadi. Yetim bolani tarbiya qilishni amakisi [[Abu Tolib]] oʻz zimmasiga oladi. 12 yoshida Muhammad bir muddat Abu Tolibning podasini boqadi, keyin tijorat ishlariga jalb qilinadi. Abu Tolib Muhammadni 21 yoshida Huvaylid ibn Asʼadning qizi, badavlat beva ayol [[Xadicha bint Xuvaylid|Xadicha]] xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shugʻullangan Muhammad [[Suriya|Suriyaga]] safar qiladi, xususan, [[Halab]] va [[Damashq]] shaharlariga boradi. Muhammad 25 yoshida (595 y.) 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanadi. Muhammaddan Xadicha 3 oʻgʻil (Qosim, Tohir, Tayyib) va 4 qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, [[Fotima]]) koʻrgan. Ogʻillari goʻdakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagina Muhammad naslini davom ettirgan. Xadicha vafotidan soʻng Muhammad bir necha bor uylangan (lekin, Oyshadan boshqa bokira xotin olmagan), ulardan farzand koʻrmagan. Faqat joriyasi Moriyadan Ibrohim ismli oʻgʻli boʻlgan. U ham juda yoshligida olamdan oʻtgan.