Amélie: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 32:
 
Amélie yashirin amaliyotlar orqali yon-atrofidagi odamlarga yordam berishga harakat qiladi. U soʻqir qariyani metrogacha kuzatib qoʻyar ekan, yoʻl-yoʻlakay atrofdagilar haqida qiziqarli izohlar aytib berib, qariyaning koʻnglini koʻtaradi. Otasining gnom qoʻgʻirchogʻini oʻgirlab va stuardessa dugonasiga berib, dunyoning turli nuqtalaridan gnom tushgan suratlarni otasiga yubortirib, uni eski orzusi - sayohatchilik qilishga koʻndiradi. Amelie hamkasb bir ayol va mijoz orasida ishqiy munosabat alangalantiradi. U qoʻshni ayolni uni tashlab ketgan eri oʻlimidan avval unga soʻnggi sevgi xati yozganiga ishontiradi. U sabzavot rastasi mudiri, qoʻpol Collignon qoʻli ostidan ishlaydigan Lucien'ni quvvatlaydi; Collignon ustidan hazillar qilib, uni oʻzining ruhiy sogʻligʻidan shubhalanishi darajasigacha olib boradi.
 
Biroq Amelie boshqalar haqida qaygʻurar ekan, Dufayel u haqida qaygʻuradi; u Amelie oʻzi haqida unutgan, deb oʻyladi. U Amelie bilan mudom shu mavzuda bahslashadi. Bu orada Amelie fotobudkalardan tashlab yuborilgan suratlarni yigʻuvchi gʻalati yigit bilan uzoqdan tanishib qolib, u bilan qiziqib qoladi. U yigitni kuzatib, u haqida axborot yigʻadi, ismi Nino Quincampoix ekanligini bilib oladi. Biroq Amelie Nino'ga yaqin borish uchun haddan tashqari uyatchandir. Uning doʻsti Raymond Dufayel yordami bilan Amelie Nino bilan baxtli munosabat boshlaydi.
 
== Rollarda ==