Mark Twain: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Tahrir izohi yoʻq
Qator 23:
Samuel Clemens 1835-yil noyabr oyida Missuri shtati Florida shahrida tugʻildi. U oilada 3-farzand boʻlgan. Uning otasi 1847-yili vafot etadi.
 
TVEN (Twain) Mark (taxallusi; asl ismsharifi Semyuel Lengxorn Klemens) (1835.30.11, Florida, Missuri shtati — 1910.21.04, Redding , Konnektikut shtati) — amerikalik yozuvchi, jaqonjahon adabiyotining yirik namoyandasi. Oʻspirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shugʻullanib, tirikchilik oʻtkazgan, keyinchalik gaz. tahririyatlarida ishlagan. Folklor syujeti asosida yozilgan "Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa" asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazilmutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867 y.da Yevropa va Falastin boʻylab sayohat qilgan. "Chet ellardagi soddadil kishilar" (1869) yumoristik ocherklar, "Toblanganlar" (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan. "Zarhal asr" (1873, Ch. Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviysiyosiy korrupsiya haqida, "Yaltiroq asr" (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yoʻsinda yozilgan "Eski va yangi hikoyalar" (1875), "Tennesidagi jurnalistika" (1869), "Meni gubernatorlikka qanday saylashgani" (1870), "Qishloq xoʻjaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim" (1870) singari toʻplamlariga kirgan asarlarida Amerika xayotining turli qirralari tasvirlangan.
 
"Geklberri Finning boshidan kechirganlari" (1884) romanida amerikacha xdyotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonmayon mavjudligi koʻzga tashlansa, "Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar" (1889) qissasida ijtimoiy qaramaqarshilik dunyosi krralanadi. "Missisipidagi eski davrlar" (1875), "Missisipidagi hayot" (1883) kitoblari, "Shahzoda va gado" (1882), "Ovsar Vilson" (1894), "Tom Soyer chet elda" (1894), "Tom Soyer — josus" (1897), "Sirli notanish odam" (1916) kabi roman va qissalar muallifi.