Chexoslovakiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Chexoslovakiya''' (Ceckoslovensko''Československo''), '''Chexo-Slovakiya''' (''Česko-Slovensko'') - Markaziy Yevropadagi davlat (1993 y.gacha mavjud boʻlgan). 1918 y. AvstriyaVengriya imperiyasining parchalanishi natijasida chex va slovak xalkdari yerlarida tashkil boʻlgan. 1938 y. okt. — 1939 y. martda Germaniya tomonidan bosib olingan. 1945 y. mayda Ch. hududi ozod etilgach, yagona, mustaqil davlat sifatida qayta tiklandi; 1948 y. xalq demokratik respublikasi deb eʼlon kilindi. Hokimiyat tepasida Chexoslovakiya KP turgan (1989 y.gacha). 1960— 1990 y. martda Ch. Sotsialistik Respublikasi (CHSSR) deb ataldi. 1968 y.da avj olgan jamiyatni demokratik yangilash jarayoni 1968 y. avg .da Varshava shartnomasi tashkiloti aʼzolari boʻlgan 5 davlat (SSSR, Bolgariya, Vengriya, Germaniya Demokratik Respublikasi, Polsha) qoʻshinlari tomonidan barbod etildi. 1990 y.dan Ch. federativ davlat sifatida Chexiya va Slovakiya Federativ Respublikasi (CHSFR) nomida boʻldi. 1992 y. noyabrda CHSFR parlamenti 1993 y. 1 yanvardan chexoslovak federatsiyasi tugatilganligi va u Chexiya hamda Slovakiya respublikalariga ajratilganligi toʻgʻrisida federal qonun qabul qildi.
 
{{stub}}