Got (submadaniyat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Got submadaniyati''' ({{lang-en|Goth subculture}}) zamonaviy [[submadaniyat]]lardan biri boʻlib, umumjahon tarqalgan. 1980-yillarda [[Angliya]]da [[gothic rock]] sahnasi bilan boshlangan. Oʻsha davrning boshqa koʻplab oqimlaridan farq qilib, hozirgi kungacha yashab qolgan va xilma-xillashgan. Gotlar kiyimi va hayot tarzi XIX asr [[gotik adabiyot]]i va [[qoʻrqinch film]]lar, ayrim hollarda esa [[BDSM]]dan taʼsirlangan.<ref>César Fuentes Rodríguez "Mundo Gótico", pages 18 & ss./pages 206 & ss.</ref><ref>Carol Siegel "Goth's Dark Empire", pages 8-13 and ss.</ref><ref name=cintra>Cintra Wilson, [http://www.nytimes.com/2008/09/18/fashion/18GOTH.html "You just can't kill it"], ''[[The New York Times]]'', 17 September 2008. Access date: 18 September 2008.</ref> Gotlar gothic rock, [[deathrock]], [[post-punk]], [[darkwave]], [[industrial]] va [[neoklassika|neoklassik]] musiqa tinglashadi. Got submadaniyati tushkunlik, [[pessimizm]] va motam mavzulari atrofida shakllanadi.Qora rang ushbu madaniyatning ramzidir.
Gotlarning kiyimlari ham qora tun rangida bo'ladi. Ayollar bilan birgalikda erkaklar ham o'ziga xos makiyajda yurganligi sababli ularni bir-biridan ajratish qiyin.
 
“Gotlar” (ingliz tilidan “goths” – gotlar, ya’ni “varvarlar”, “madaniyatsiz odamlar”, “johil” va “nodonlar” kabi so’zlar bilan tarjima qilinadi) axloqsizlik, g’ayriinsoniylik kabi illatlarni targ’ib qiluvchi “submadaniyat”[17] bo’lib, XX asrning 70-yillari oxirida Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan. Xususan, 1982 yilda “Betkav” musiqiy guruhi ochilishi got hayot tarzini targ’ib qilishda katta o’rin tutgan va ko’plab shunga o’xshash guruhlar buni butun dunyoga yoya boshladi. Aynan ularning faoliyati natijasida gotik-rok musiqiy janri yuzaga kelib, nafaqat ingliz yoshlari, balki butun dunyo yoshlari orasida mashhur bo’la boshlagan
 
 
“Gotlar” harakatining asosiy g’oyasi o’limni keng targ’ib etish va iztirob, azob-uqubat, ifloslikdan rohatlanishga targ’ib etishdan iboratdir. Jumladan, ular qora rangga asoslangan imidj, gotik musiqaga qiziqish bugungi kun bilan yashash va hayotning so’nggi lahzasi bo’lishi mumkinligi bois undan maksimal lazzat olishga urinish bilan ajralib turadi. Ayni damda, gotlar pozitiv his-tuyg’ulardan zavqlanish o’rniga, ruhiy azoblanish, umidsizlik va ruhiy alamdan lazzatlanadilar
 
Gotlar tomonidan o’ziga xos ramzlar ham ishlatiladi. Jumladan, xochsimon ko’rinishga ega bo’lgan anx , inson bosh suyagining ramzi, xochlar, to’g’ri va ag’darilgan pentagrammalar, ko’rshapalaklar eng ko’p uchraydigan timsolidir
 
== Manbalar ==