Subtropik mintaqalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[FileTasvir:Subtropical.png|thumb|320px|Subtropik mintaqalar]]
'''Subtropik mintaqalar''' - [[Yer]]ning har ikki yarim sharidagi geografik [[mintaqa]]lar, 30° va 40° kengliklar orasida joylashgan. Sovuq oyning oʻrtacha t-rasi 0° dan yuqori. S.da yil boʻyi oʻsimliklar vegetatsiyasi davom etadi. Yoz bilan qishning havo t-rasi katta farq qiladi. Yozda [[tropik mintaqalar|tropik]], qishda [[moʻtadil mintaqa|moʻʼtadil]] havo massalari hukmron. [[Dengiz]] boʻyidan quruqlik ichiga kirib borgan sari yogʻin mikdori kamayib, [[iqlim]] kontinentallashib boradi. Subtropik iqlimning 2 turi: [[materiklar|materik]] subtropik iqlim va okean subtropik iqlim mavjud. Materik subtropik iqlimda yoz issiq va quruq, qish beqaror, nisbatan sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha t-rasi 24—30°, yanvarda 0— 4° boʻladi. Yogʻin 300—500 mm, [[togʻlar]]ning [[shamol]]ga roʻpara yon bagʻrilarida 800—1000 mm. Okean subtropik iqlimga havo t-rasining yil davomida keskin oʻzgarmasligi, yozda ancha past (20° atrofida), qishda iliq (12° chamasida) tra boʻlishi xos. Sm.da [[tuproq]], asosan, [[qizil tuproqlar|qizil]] hamda kulrangjigarrang , sariqqoʻngʻir tuproklar. [[Oʻsimliklar|Oʻsimlik]] [[dunyo]]si xilmaxil. [[Choʻl]] va [[chala choʻl zonalari|chala choʻl]]lardan [[doim yashil oʻsimliklar|doim yashil]] [[oʻrmon]]largacha mavjud. Har bir materikda Sm.ning 3 asosiy — gʻarbiy okean boʻyi yoki oʻrta dengiz boʻyi, kontinental va sharqiy okean boʻyi sektorlari ajratiladi. Kontinental Sm. materikning ichki qismlariga xos. Ularda yogʻin kam (200—400 mm), yanvarning oʻrtacha t-rasi 0—4°, obhavo beqaror. Yoz issiq va quruq (28—30°). Yozda issiq 50° ga yetgani va qishda sovuq —10° dan past boʻlgani qayd etilgan. Yogin qish va bahorda yogʻadi. Oʻzbekistonda [[Surxondaryo viloyati]]ning [[Termiz tumani|Termiz]] va [[Denov tumani|Denov tumanlari]] shu mintaqada joylashgan. Asosan, choʻl va chala choʻl zonasiga kiradi. Su v bor yerlar oʻzlashtirilib, [[voha]]larga aylantirilgan. Issiqsevar oʻsimliklar, jumladan, [[magnoliya]], [[palmalar|palma daraxti]] ekiladi, [[ingichka tolali gʻoʻza|ingichka tolali paxta]], shakarqamash, subtropik mevalar ([[limon]], [[xurmo]], [[apelsin]] va b.) yetishtiriladi.