Xalqaro valyuta jamgʻarmasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Tasvir:IMF_HQ.jpg Tasvir:Headquarters_of_the_International_Monetary_Fund_(Washington,_DC).jpg bilan almashtirildi (Steinsplitter tomonidan; File renamed: not the headquarters of the Internationa...
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 16:
 
[[Tasvir:Headquarters_of_the_International_Monetary_Fund_(Washington,_DC).jpg|thumb|right|XVJ binosi, Vashington, AQSh]]
'''Xalqaro valyuta fondi''', XVF (IMF; International Monetary Fund) — BMT ning ixtisoslashgan muassasasi, aʼzo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 1944 y.da BrettonVuds (AKSH) da oʻtkazilgan xalkaro valyutamoliya kongressida Jahon banki bilan bir vaqtda taʼsis etilgan (q. [[BrettonVuds bitimi]]). 1947 y. mart oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. 182 mamlakat aʼzo (1999). Shtabkvartirasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari:
maslahatlar berish va valyuta muammolari boʻyicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam koʻrsatish;
xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yaratish;
valyuta kurelarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta devalvatsiyalarining oldini olish; koʻp
●koʻp tomonlama toʻlovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga toʻsiq qoʻyadigan valyuta almashtirish bilan bogʻliq cheklashlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish; aʼzo
●aʼzo mamlakatlarga oʻz toʻlov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro toʻlov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqsorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablagʻlar berish.

XVF jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar urtasida tashkiliy toʻlov tizimi faoliyatiga yordam beradi, toʻlov balansida chuqur taqchilikka uchragan, shuningdek, oʻz valyutasining toʻliq konvertatsiyasiga erishmoqchi boʻlgan mamlakatlarga karz beradi. XVF kapitali aʼzo mamlakatlar toʻlaydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar xisobidan tashkil topadi.
 
1998 y. boshida XVF kapitali 199 mlrd. dollarni tashkil qiddi. AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning oʻsishi yangi aʼzolarning badal puli va kreditlarga toʻlangan foizlar xisobiga yuz beradi.