Elektr toki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maelba (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Maelba (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Elektr toki''' — elektr zaryadlarining tartibli harakati. Elektr toki paydo boʻlishi va doimo paydo boʻlib turishi uchun:
1)* moddada erkin elektr zaryadlari;
2)* ularni tartibli harakatga keltiruvchi elektr maydon;
3)* zanjir berk boʻlishi kerak.
Zaryadli zarralar tok tashuvchilar deb ataladi. [[Metall]]ar va [[yarimoʻtkazgich]]larda tok tashuvchilar elektronlardan, elektrolitlarda musbat va manfiy [[ion]]lardan, ionlashgan gazlarda musbat va manfiy ionlar hamda elektronlardan iborat.
 
Zaryadli zarralarning [[elektr maydon]] taʼsirida jismga nisbatan koʻchishi natijasida vujudga keladigan Elektr toki oʻtkazuvchanlik toki deb, zaryadlangan makroskopik jism (masalan, [[suyuqlik]] yoki [[gaz]])larning koʻchishidan yuzaga keladigan elektr toki konveksion tok deb ataladi. Siljish toki deb ataladigan tok ham mavjud. Bu tok zaryadlar harakatiga bogʻliq boʻlmay, balki elektr maydon kuchlanganligining vaqt boʻyicha oʻzgarishiga mutanosib (proporsional) boʻladi. Siljish toki [[magnit maydon]] hosil qilish xususiyati jihatidangina oʻtkazuvchanlik va konveksion tokka ekvivalentdir.
 
Elektr tokining mavjudligini tok tufayli yuz beradigan quyidagi taʼsir yoki hodisalarga qarab bilish mumkin:
1)* issiqlik taʼsiri — tok oʻtayotganda oʻtkazgich (oʻta oʻtkazgich bundan istisno) qiziydi;
2)* kimyoviy taʼsiri — Elektr toki oʻtkazgichning kimyoviy tarkibini oʻzgartiradi (masalan, elektroliz hodisasi);
3)* magnit taʼsiri (masalan, tokli oʻtkazgich yonida magnit milining ogʻishi, elektromagnitlar);
4)* kuch taʼsiri (masalan, magnit maydonida tokli oʻtkazgichning ogʻishi, elektr dvigatellar);
5)* yorugʻlik taʼsiri (masalan, siyraklangan gazlarda razryad, elektr yoyi). Tok kuchi [[ampermetr]], milliampermetr, mikroampermetr va galʼvanometr bilan oʻlchanadi.
 
Zaryadlarning tartibli harakatiga o’zgarmas[[oʻzgarmas tok]] dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan.