Vikipediya:Dars: Versiyalar orasidagi farq

3 189 bayt olib tashlandi ,  7 yil oldin
jahon yangiliklari
(jahon yangiliklari)
<math></math>
{{shortcut|[[VP:DARS]]}}
[[Fayl:Хитойдаги “қатъий тартибли мактаб”|thumbnail|Хитойнинг Аньхой музофотидаги Мао Тан Чанг шаҳридаги мактаб энг антиқа мактаблардан ҳисобланади. Бу ерда 20 мингга яқин ўқувчи таҳсил олади. Бу эса шаҳар аҳолисидан тўрт баравар кўп дегани, лекин мактабнинг ғаройиблиги ўқувчилар сонида эмас, балки ўта қатъий қоидаларида. “Mao Tan Chang High School”да телевизор кўриш, интернет ва мобиль алоқадан фойдаланиш, ўқиш билан боғлиқ бўлмаган мавзуларда суҳбатлашиш тақиқланади. Мактаб ётоқхонасидаги хоналарда электр токига уланиш учун розеткалар йўқ, ҳар бир хонага видеокузатув камералари ўрнатилган. Ўқув корпуси ва ётоқхоналарда қоидага риоя қилинишини кўп сонли қўриқчилар кузатиб туришади. Мактабдаги барча ўқитувчилар эркак кишилар бўлиб, ўқувчиларни тарбиялашда жисмоний жазо ҳам қўлланилади. Қизиғи, мактабдаги тартиб-қоидаларни маҳаллий ҳокимият маъмурияти ҳам қўллаб-қувватлайди. Маъмурият қарори билан мактаб яқинида жойлашган бильярд хонаси, интернет-кафе ва бошқа кўнгилочар масканлар ёпиб қўйилган. Мактаб раҳбариятининг таъкидлашича, уларнинг интизомий чоралари ўзини оқламоқда – 2014 йили мактабнинг 9 минг нафар битирувчиси Хитойдаги университетларга ўқишга кирган. Бундай қатъий интизомга қарамасдан, “Mao Tan Chang High School”да ўқишни истайдиганлар сони кўп. Айнан ушбу мактабда ўқувчилар дунёдаги олиш энг қийин бўлган “Gaokao” аттестатини олиш учун тайёрланиш имкониятига эгалар. ]]
== Vikipediyani tahrirlash darsiga marhabo! ==
'''Bu yerda [[Vikipediya]]dagi sahifalarni qanday tahrirlash (o'zgartirish) mumkinligini o'rganishingiz mumkin.'''
 
Vikipediya ochiq ensiklopediyadir. Uni har kim, shu jumladan '''siz''' ham tahrirlay olasiz. Lekin qanday qilib?
 
== Ilk qadam ==
[[Tasvir:vikidars_tahrir.png|left|thumb|'''Tahrir''' tugmalari.]]
[[Vikipediya:Qumloq|Qoralama sahifasini]] ochib, ''tahrir'' tugmasini bosing. Bunda ''Tahrirlash'' sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi ''Saqla'' tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.
=== Koʻrib chiqish ===
[[Tasvir:vikidars_saqla.png|right|thumb|338px|Tahrir oynasi tagida:<br/> '''Qisqa tavsif''' maydoni;<br/> '''Bu kichkina tahrir''' va '''Sahifani kuzat''' tasdiqlari;<br/> '''Saqla''', '''Koʻrib chiqish''' hamda '''Oʻzgarganlarni koʻrsat''' tugmalari.]]
''Saqla'' tugmasining yonida ''Koʻrib chiqish'' tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: ''Koʻrib chiqish'' tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin ''saqlamaydi''.
 
=== Oʻzgarganlarni koʻrsat ===
''Koʻrib chiqish'' tugmasi yonida ''Oʻzgarganlarni koʻrsat'' tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.
=== Qisqa tavsif ===
''Saqla'' tugmasini bosishdan avval ''Qisqa tavsif'' maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, „xatoni tuzatdim“, „yangi axborot qoʻshdim“ va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsatiladi.
 
== Matn ustida ishlash ==
Kiritayotganingiz matn ustida turli amallar bajarish mumkin.
=== Qalin va kursiv ===
Yozayotgan matningizni '''qalin''' yoki ''kursiv'' qilishingiz mumkin. Bunda apostroflardan (') foydalaniladi.
 
{| style="border:none; text-align:left;"
|-<!--COLUMN HEADINGS-->
| style="background:#E6F2FF; padding:0.3em; text-align:center;"|'''Tergan matningiz'''
| style="background:#E6F2FF; padding:0.3em; text-align:center;"|'''Natija'''
|-<!--1ST ROW-->
|<tt><nowiki>''kursiv''</nowiki></tt>
|''kursiv''
|-<!--2ND ROW-->
|
<tt><nowiki>'''qalin'''</nowiki></tt>
|
'''qalin'''
|-<!--3RD ROW-->
|
<tt><nowiki>'''''qalin kursiv'''''</nowiki></tt>
|
'''''qalin kursiv'''''
|}
 
=== Sarlavha va ostsarlavha ===
Sarlavhalar bilan maqola ichidagi boʻlimlarni ajratishingiz mumkin. Bunda barobar belgilaridan (=) foydalaniladi.
 
{| width=100 % style="border:none; text-align:left;"
|-<!--COLUMN HEADINGS-->
| style="background:#E6F2FF; padding:0.3em; text-align:center;"|'''Tergan matningiz'''
| width="80%" style="background:#E6F2FF; padding:0.3em; text-align:center;"|'''Natija'''
|-
|
<tt><nowiki>== Sarlavha ==</nowiki></tt>
|
 
== Sarlavha ==
|-
|
<tt><nowiki>=== Ostsarlavha ===</nowiki></tt><br />
|
=== Ostsarlavha ===
|}
 
== Tasvirlar qoʻyish ==
Suratlar ishlatish orqali maqolada gap ketayotgan obyekt haqida oʻquvchida kengroq taassurot qoldirish mumkin. Tasvir qoʻyish quyidagicha amalga oshiriladi:
 
<pre>[[Tasvir:Misol.jpg|150px|thumb|right|Tasvir namunasi]]</pre>
 
Natijada sahifaning oʻng tomonida tasvir paydo boʻladi. [[Tasvir:Misol.jpg|150px|thumb|right|Tasvir namunasi]]
 
Bu yerda „misol.jpg“ — fayl nomi, „150px“ — tasvirning [[piksel]]lardagi kattaligi, „thumb“ — tasvirning kichik shakli ([[:en:thumbnail|thumbnail]]), „right“ — tasvir joylashadigan sahifa qismi (bu yerda oʻng tomon), „Tasvir namunasi“ — tasvirga izoh.
 
== Ishoratlar ==
Oʻquvchining bir sahifadan boshqasiga osonlik bilan oʻtishi uchun sahifa ichiga ishoratlar qoʻyish mumkin. Bunda ikki tomondan ''ikkitadan'' kvadrat qavs ishlatiladi:
 
: <tt><nowiki>[[Vikipediya]]</nowiki></tt> = [[Vikipediya]]
 
Agarda ishoratingiz matni ishora qilinayotgan maqola nomidan boshqacha boʻlsa, tik chiziq „|“ yordamida ishora qilmoqchi boʻlganingiz maqola nomi va ishorat matnini ajratishingiz mumkin:
 
: <tt><nowiki>[[Vikipediya|Ochiq ensiklopediya]]</nowiki></tt> = [[Vikipediya|Ochiq ensiklopediya]]
 
== Manbalar ==
Manba koʻrsatish uchun matnda <code><nowiki> <ref> Siz qoʻymoqchi boʻlgan manba (kitob, sayt, ba hokazo) </ref> </nowiki></code> sintaksini qoʻying. Matning oxirida '''Manbalar''' degan boʻlim yaratib uning ostiga <code><nowiki> {{Reflist}} </nowiki></code> andozasini qoʻying. Siz matn ichida koʻrsatgan manbalar avtomatik ravishda Manbalar boʻlimida ketma-ket teriladi.
 
{{Shuningdek|VP:MI|l1=Manbalarga ishoratlar}}
 
== Havolalar ==
Agarda Vikipediyadan tashqaridagi boshqa bir resursga ishorat bermoqchi boʻlsangiz, ishorat matnini ikki tomondan ''bittadan'' kvadrat qavs bilan yoping. Masalan, BMT haqidagi maqolaga quyidagi havolani qoʻshish mumkin:
 
: <tt><nowiki>[http://www.un.org/ BMTning rasmiy sayti]</nowiki></tt> = [http://www.un.org/ BMTning rasmiy sayti]
 
Yana bir misol. Oʻzbekiston Respublikasining hukumati haqidagi maqolaga mana bu havolani qoʻshish mumkin:
 
: <tt><nowiki>[http://gov.uz/uz/ Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali]</nowiki></tt> = [http://gov.uz/uz/ Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali]
 
== Xotima ==
Mana, sahifani tahrirlash asoslarini oʻrganib oldingiz. Agarda savollaringiz boʻlsa, bemalol [[Vikipediya munozarasi:Dars|munozara sahifasida]] soʻrashingiz mumkin.
 
[[Turkum:Vikipediya]]
 
[[fr:Aide:Article]]
[[mzn:ويکی‌پديا:خـِد آموز]]
[[nl:Wikipedia:Snelcursus]]
[[pt:Wikipédia:Tutorial]]