Qashqadaryo (gazeta): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
"QASHQADARYO" — Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 1925 yil 22 mayda Qarshi shahrida "Qashqadaryo" nomi bilan nashr etila boshlagan. Keyinchalik "Sotsializm alangasi", "Yengish" (1934), "Qashqadaryo haqiqati" (1935) nomlarida chop etilgan. 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati tugatilib, Surxondaryo viloyatiga qoʻshilishi munosabati bilan "Qashqadaryo haqiqati" gaz.si oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1964 yil 7 fevralda yana chiqa boshlagan.
 
1997 yil 11 iyunda "Qashqadaryo haqiqati" va "Kashkadarinskaya pravda" gaz.lari tahririyatlari birlashtirilib, "Q." nomida oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. 2005 yil 1 yanvardan "Q." va "Novosti Kashkadari" gaz.lari har qaysisi alohida mustaqil nashr sifatida oʻzbek va rus tillarida chop etilmoqda.2013 yildan yana yagona tahririyatga birlashdi. Sahifalarida viloyat aholisining respublika, viloyat va dunyo miqyosida roʻy berayotgan yangiliklardan xabardor etish va ularni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga, xalq farovonligi va turmush darajasini mustahkamlash ishlariga jalb qilishga oid materiallar berib boriladi.
 
Gaz.ga turli yillarda S. Karimov, N.Gʻulomov, U. Xoʻjayev, yilUmarov, S.Qodirov, R.Nurmatov, B.Norqobilovlar muharrirlik qilishgan. Adadi 9700 (2015).