Sulukta: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Sahifa tozalandi
Qator 1:
{{Bilgiquti aholi punkti
| ozbekcha nomi = Sulukta
[[File: The Sulyukta Sign.JPG|220px]]
| mavqe = shahar
| mamlakat = Qirgʻiziston
| mintaqa turi = viloyat
| mintaqa = Botken viloyati
| jadvalda mintaqa =
| tuman turi =
| tuman =
| jadvalda tuman =
| jamoat turi =
| jamoat =
| jadvalda jamoat =
| qaram =
| gerb =
| bayroq =
| lat_dir = N | lat_deg = 39 | lat_min = 56 | lat_sec = 24
| lon_dir = E | lon_deg = 69 | lon_min = 33 | lon_sec = 36
|CoordAddon = type:city(500000)_region:KG
| CoordScale =
| mamlakat xaritasi olchami = 220
| mintaqa xaritasi olchami =
| tuman xaritasi olchami =
| mamlakat xaritasi =
| mintaqa xaritasi =
| tuman xaritasi =
| ichki bolinishi =
| rahbar turi = mer
| rahbar = Abduzakir Ibragimov
| asos solingan =
| ilk eslatilishi =
| avvalgi nomlari =
| qachondan beri = 1940
| maydon = 17.33
| balandlik turi =
| AP markazi balandligi = 1380
| iqlim =
| rasmiy til = Qirgʻiz tili
| aholi = 20 725<ref name="2009 census">{{cite web|title=2009 Population and Housing Census|work=The National Statistical Committee of the Kyrgyz Republic|accessdate=12 November 2013|url=http://212.42.101.100:8088/nacstat/sites/default/files/%D0%91%D0%B0%D1%82%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F%20%D0%BE%D0%B1%D0%BB%D0%B0%D1%81%D1%82%D1%8C.pdf|archiveurl=http://web.archive.org/web/20110810173103/http://212.42.101.100:8088/nacstat/sites/default/files/%D0%91%D0%B0%D1%82%D0%BA%D0%B5%D0%BD%D1%81%D0%BA%D0%B0%D1%8F%20%D0%BE%D0%B1%D0%BB%D0%B0%D1%81%D1%82%D1%8C.pdf|archivedate=10 August 2011|location=Bishkek|language=Russian|year=2010}}</ref>
| sanalgan yil = 2009
| zichlik = 1 200
| aglomeratsiya =
| milliy tarkib = [[qirgʻizlar]] </br> [[oʻzbeklar]] </br> [[tatarlar]] </br> [[ruslar]] </br> [[tojiklar]]
| konfessiyaviy tarkib = [[Islom|Musulmonlar]] </br> [[Xristian dini|xristianlar]] </br> [[Ateizm|ateistlar]]
| etnoxronim = Suluktaliklar
| vaqt mintaqasi = +6
| DST =
| telefon kodi = +996 3653
| pochta indeksi = 720500<ref name=SPR>{{cite web|title=Sulukta|url=http://www.spr.kg/sulyukta-i-sulyuktinskiy-gorodskoy-okrug/|work=SPR|accessdate=1 May 2013|language=Russian}}</ref>
| pochta indekslari =
| avtomobil kodi =
| identifikator turi =
| raqamli identifikator =
| Commons turkumi =
| sayt =
| sayt tili =
}}
 
'''Sulukta''' ({{lang-ky|Сүлүктү}}; {{lang-ru|Сулюкта}}) — [[Qirgʻiziston]]ning [[Botken viloyati]] gʻarbiy chekkasida joylashgan [[shahar]]. Sulukta [[Fargʻona vodiysi]]ning gʻarbiy chekkasida, uch tomondan [[Tojikiston]] bilan chegaradosh hudud ichida joylashgan.
 
„Sulukta“ soʻzi „[[zuluk]]“ degan [[Turkiy tillar|turkiy]] soʻzdan kelib chiqqan degan fikr mavjud. Bu qarashga koʻra, Sulukta suvlarida zuluk koʻp boʻlgan, shuning uchun Sulukta haqida „bu joyning suvi zulukli“ deb yuritilgan va shu asnoda „sulukta“ soʻzi kelib chiqqan. Sulukta [[Oʻrta Osiyo]]ning [[koʻmir]] qazib chiqariladigan eng qadimgi markazlaridan biridir. Suluktada birinchi industrial [[Sulukta koʻmir koni|koʻmir koni]] 1868-yilda ochilgan. 1940-yil Suluktaga shahar maqomi berilgan. Suluktada Qirgʻizstonda birinchi boʻlib [[Sovet Ittifoqi|sovet]] hokimiyati oʻrnatilgan.
 
Sulukta viloyatga boʻysunuvchi shahardir. Yaʼni, shahar hech bir tumanga kirmaydi. Qoʻshbuloq (eski nomi Vostochniy) shahar tipidagi posyelkasi va Kolso qishloqlari ham Sulukta shahar boshqarmasiga qaraydi. 2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Suluktaning aholisi oʻsha yili 13 378 kishi, Sulukta va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi boʻlsa 20 725 kishi boʻlgan.
 
Suluktada Sovet Ittifoqi davrida bir necha yirik koʻmir konlari, [[zavod]] va [[fabrika]]lar faoliyat yuritgan. Ittifoq parchalanganidan keyin zavod va fabrikalarning koʻpchiligi yopildi. Bunga texnika va mutaxassislar kamayishi, samarasiz boshqarish hamda daromad ozligi sabab boʻldi. Bir paytlar muhim industrial markaz boʻlgan Sulukta hozirgi kunda tashqaridan qarovsiz qolgan shaharga oʻxshaydi.
 
== Tarixi ==
Sulukta Oʻrta Osiyoning koʻmir qazib chiqariladigan eng qadimgi markazlaridan biridir. Suluktada birinchi industrial koʻmir koni 1868-yilda ochilgan. 1940-yil Suluktaga shahar maqomi berilgan. Suluktada Qirgʻizstonda birinchi boʻlib sovet hokimiyati oʻrnatilgan.
 
Sovet davrida Sulukta muhim ahamiyatga ega industrial shahar boʻlgan. Shaharda [[goʻsht]] kombinati, [[yogʻ]], [[gʻisht]] zavodlari, [[tikuvchilik sanoati]] korxonalari boʻlgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Suluktada istiqomat qilayotgan [[ruslar]] va [[tatarlar]]ning aksari shaharni tark etishdi. Ketganlar orasida yetuk mutaxassislar koʻp boʻlgan. 1990-yillarda mutaxassis ozligi, sovet davrida mavjud boʻlgan savdo tarmoqlarining yoʻq boʻlishi, texnika eskirishi va boshqaruvdagi muammolar sabab Suluktadagi deyarli barcha zavod-fabrikalar yopildi.
 
== Geografiyasi ==
[[File:Sulyukta's Hills.JPG|thumb|Sulukta qirlari]]
Sulukta Botken Viloyatining gʻarbiy qismida [[dengiz sathi]]dan 1,380 metr balandlikda joylashgan.<ref>{{cite book|last=Aminov|first=Sayitmamat|title=Кылым сырын каткан шаар|year=1998|publisher=Osh Disctrict Printing House|location=Osh|page=12|editor=A. Sultanov|language=Kyrgyz|trans_title=The Town with a Century's Secret}}</ref> Shahar [[Turkiston togʻ tizmasi]]ning shimolidagi hududda joylashgan. Suluktaning relefini asosasin [[qir]]lar va past togʻlar tashkil qiladi.
 
=== Iqlimi ===
Shaharning [[iqlim]]i keskin [[Kontinental iqlim|kontinental]] boʻlib, qishda havo ancha sovuq, yozda boʻlsa ancha issiqdir. Qish uzoq davom etmaydi. Bahor va kuzda nisbatan koʻproq [[yomgʻir]] yogʻadi, ammo yoz fasli issiq va qurgʻoqchil oʻtadi. Suluktaning iqlimi [[Isfana]]ning iqlimiga oʻxshash. Ammo, Suluktada [[Yogʻinlar|yogʻingarchilik]] Isfanadagidan oz boʻladi.
 
{{Joy iqlimi
| Uzunlik =
| Joylashuv oʻrni =
| Joy_ot = Sulukta
| Manba = <ref name= > {{Cite web |url=http://www.worldweatheronline.com/Sulyukta-weather-averages/Osh/KG.aspx |title=Sulyukta Weather|publisher=World Weather Online|accessdate=12 November 2013}}</ref>
 
| Yan_oʻr = | Yan_oʻr_yogʻin = 18
| Fev_oʻr = | Fev_oʻr_yogʻin = 24
| Mar_oʻr = | Mar_oʻr_yogʻin = 24
| Apr_oʻr = | Apr_oʻr_yogʻin = 24
| May_oʻr = | May_oʻr_yogʻin = 18
| Iyn_oʻr = | Iyn_oʻr_yogʻin = 9
| Iyl_oʻr = | Iyl_oʻr_yogʻin = 3
| Avg_oʻr = | Avg_oʻr_yogʻin = 6
| Sen_oʻr = | Sen_oʻr_yogʻin = 3
| Okt_oʻr = | Okt_oʻr_yogʻin = 27
| Noy_oʻr = | Noy_oʻr_yogʻin = 15
| Dek_oʻr = | Dek_oʻr_yogʻin = 30
| Yil_oʻr = | Yil_oʻr_yogʻin = 201
 
| Yan_oʻr_min = -2 | Yan_oʻr_maks = 4
| Fev_oʻr_min = -1 | Fev_oʻr_maks = 6
| Mar_oʻr_min = 4 | Mar_oʻr_maks = 13
| Apr_oʻr_min = 11 | Apr_oʻr_maks = 22
| May_oʻr_min = 15 | May_oʻr_maks = 28
| Iyn_oʻr_min = 20 | Iyn_oʻr_maks = 34
| Iyl_oʻr_min = 21 | Iyl_oʻr_maks = 36
| Avg_oʻr_min = 19 | Avg_oʻr_maks = 33
| Sen_oʻr_min = 14 | Sen_oʻr_maks = 29
| Okt_oʻr_min = 8 | Okt_oʻr_maks = 20
| Noy_oʻr_min = 4 | Noy_oʻr_maks = 15
| Dek_oʻr_min = 0 | Dek_oʻr_maks = 5
| Yil_oʻr_min = 9.4 | Yil_oʻr_maks = 20.4
 
| Yan_m_min = | Янв_m_maks =
| Fev_m_min = | Fev_m_maks =
| Mar_m_min = | Mar_m_maks =
| Apr_m_min = | Apr_m_maks =
| May_m_min = | May_m_maks =
| Iyn_m_min = | Iyn_m_maks =
| Iyl_m_min = | Iyl_m_maks =
| Avg_m_min = | Avg_m_maks =
| Sen_m_min = | Sen_m_maks =
| Okt_m_min = | Okt_m_maks =
| Noy_m_min = | Noy_m_maks =
| Dek_m_min = | Dek_m_maks =
| Yil_m_min = | Yil_m_maks =
 
| Yan_suv =
| Fev_suv =
| Mar_suv =
| Apr_suv =
| May_suv =
| Iyn_suv =
| Iyl_suv =
| Avg_suv =
| Sen_suv =
| Okt_suv =
| Noy_suv =
| Dek_suv =
| Yil_suv =
}}
 
== Demografiyasi ==
2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Suluktaning aholisi oʻsha yili 13 378 kishi, Sulukta va unga qarashli qishloqlarning umumiy aholisi boʻlsa 20 725 kishi boʻlgan.<ref name="2009 census"/> 1999-yilgi sanoqda Suluktaning umumiy aholisi 21 219 kishi deyilgan edi.<ref name="2009 census"/>
 
Sulukta aholisining aksar qismi [[Rossiya]]da muhojir ishchidir. Chetda ishlayotgan Suluktaliklar soni haqida rasmiy maʼlumot yoʻq.
 
Suluktada koʻp millat vakillari yashaydi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, [[qirgʻizlar]] eng katta etnik guruhdir. 2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Sulukta va unga qarashli qishloqlarda aholining etnik tarkibi quyidagichadir: 73.2 % qirgʻiz, 19.5 % oʻzbek, 3.6 % [[tatarlar|tatar]], 2.6 % [[ruslar|russ]], 0.7 % [[tojiklar|tojik]] va qolgan 0.4 % i boshqa millat vakillaridir.<ref name="2009 census"/>
 
Sulukta aholisi asosan [[Islom]] diniga sigʻinadi. Dindorlar islom dinining [[Ahl as-Sunna val-Jamoa|sunna]] mazhabida. Suluktada oʻn besh [[masjid]], bir pravoslav [[cherkov]]i bor.
 
2009-yilgi aholi sanogʻiga koʻra, Sulukta va unga qarashli qishloqlarning aholsi quyidagichadir:<ref name="2009 census"/>
 
{| class="wikitable sortable"
|- bgcolor="#CCCCCC"
!width="35" rowspan="1"| Aholi punkti
!width="55" rowspan="1"| Aholi soni
|-
|Sulukta
|align="center"|13 378
|-
|Qoʻshbuloq <br/> (eski nomi Vostochniy)
|align="center"|6 632
|-
|Kolso
|align="center"|715
|-
|}
 
== Iqtisodi ==
[[File:Tovarnyi, Sulyukta.JPG|thumb|Suluktaning asosiy koʻchalaridan biri]]
[[SSRI|Sovet]] davrida Suluktada koʻplagan ishlab chiqarish [[fabrika]]lari va [[zavod]]lar boʻlgan. Bundan tashqari, bir necha yirik [[koʻmir koni|koʻmir konlari]] boʻlgan. Koʻmir bilan birgalikda [[gips]], [[kvars]] qumi va [[ohaktosh]] kabi yer osti boyliklari ham qazib olingan. 1991-yil Qirgʻiziston mustaqil boʻlganidan keyin deyarli barcha zavod-fabrikalar yopildi.
 
Sulukta aholisining aksar qismi [[Rossiya]]ga ishlagani boradi. Sulukta aholisi yana qoʻshni [[Qozogʻiston]] va [[Tojikiston]]ga ham borib ishlaydi. Chetda ishlaganlarning aniq soni haqida toʻliq va ishonarli maʼlumot yoʻq.
 
Suluktada qolgan aholi boʻlsa asosan [[savdo|savdogarchilik]] bilan shugʻullanadi. Shaharda yirik [[bozor]] mavjud emas. Bir necha kichik bozorcha bor xolos. Sotuvchilar mahsulotlarini asosan [[Oʻsh]], [[Qorasuv (shahar)|Qorasuv]] va [[Xoʻjand]]dan olib kelishadi.
 
Sulukta iqtisodi boshqa Qirgʻiziston shaharchalari iqtisodi kabi [[doʻkon]] iqtisodidir. Savdoning katta qismi bozor va doʻkonlarda amalga oshadi. Savdo odatda qattiq nazorat qilinmaydi.
 
=== Sulukta koʻmir koni ===
{{Main|Sulukta koʻmir koni}}
Sulukta [[Oʻrta Osiyo]]ning [[koʻmir]] qazib chiqariladigan eng qadimgi markazlaridan biridir. Bu yerda koʻmir 11-12-asrlardan beri qazib kelinadi.<ref name="OʻzSE">{{cite encyclopedia|last=|first=|authorlink=|editor-first= Komiljon|editor-last= Zufarov|editor-link=|encyclopedia= Oʻzbek sovet ensiklopediyasi|title= Sulukta|trans_title=|url=|accessdate=|language= Uzbek|edition=|date=|year= 1978
|month=|publisher=|volume= 10|location= Toshkent|id=|isbn=|oclc=|doi=|pages= 412|quote=|ref=}}</ref> Sulukta koʻmir konining geologik tuzilishi 1903-yildan boshlab oʻrganilgan. Sovet [[Geologiya|geologlariga]] koʻra, Suluktada [[paleozoy]], [[mezozoy]] va [[kaynazoy]] eralarida hosil boʻlgan yotqiziqlar mavjud.
 
Asosiy koʻmirli qatlamlarning umumiy qalinligi 35-120 metr. Baʼzi yerlarda 600-750 metr chuqurlikda sanoat ahamiyatiga ega koʻmir qatlamlari bor. Asosiy koʻmir olinadigan qatlamning uzunligi 22 kilometr, qalinligi 0,1-18,0 metrga yetadi.<ref name="OʻzSE"/>
 
Sulukta koʻmir konida asosan [[qoʻngʻir koʻmir]] bor. Bu koʻmir [[Petrografiya|petrografik]] jihatdan ''fuzen-ksilen'' va ''klaren'' koʻmir turlariga mansub. Suluktada avval koʻmir ham ochiq, ham [[shaxta]] usulida qazib olingan. Hozir boʻlsa ochiq usulda qazib olish uchun kerak boʻlgan texnikaning yoʻqligi sabab koʻmir faqat shaxta usulida qazib olinadi. Bugungi kunda Sovet davrida faoliyat yuritgan yirik davlat shaxtalari oʻrnini xususiy shaxtalar egallagan.
 
== Hukumati ==
Suluktada [[mer]] va shahar [[kengash]]i shaharni boshqaradi. Mer ochiq saylovlarda saylanadi. Shahar Kengashida 19 aʼzo bor. Qoʻshbuloq (eski nomi Vostochniy) shahar tipidagi posyelkasi va Kolso qishloqlari ham Sulukta shahar boshqarmasiga qaraydi. Suluktaning hozirgi meri Abduzakir Ibragimovdir.<ref>{{cite news|title=Abduzakir Ibragimov elected the mayor of Sulukta|url=http://fergana.akipress.org/news:206892/|accessdate=12 November 2013|newspaper=AKIpress|date=28 January 2013}}</ref>
 
Sulukta viloyat miqyosidagi shahardir. Yaʼni, shahar toʻgʻridan-toʻgʻri [[Botken Viloyati]] qaramogʻida boʻlib, hech bir tumanga kirmaydi. Koʻp millatli boshqa Qirgʻiziston aholi punktlaridagidek Suluktada ham deyarli barcha davlat ishlarida qirgʻiz millatiga mansub kishilar ishlaydi.<ref name=AR222>{{cite web|title=Kyrgyzstan: Widening Ethnic Divisions in the South|url=http://www.crisisgroup.org/~/media/Files/asia/central-asia/kyrgyzstan/222-kyrgyzstan-widening-ethnic-divisions-in-the-south.pdf|work=International Crisis Group|accessdate=15 November 2013|location=Brussels|format=Report|date=29 April 2012}}</ref><ref>{{Cite news|title=Uzbeks of Kyrgyzstan complain of discrimination and corruption |url=http://www.centrasia.ru/newsA.php?st=1138598280|accessdate=12 November 2013|newspaper=Eurasianet|date=30 January 2006|language=Russian}}</ref> Hukumat ishchilari orasida boshqa millat vakillari juda ham oz.
 
== Taʼlimi ==
=== Maktablar ===
Suluktada bir qancha taʼlim mahkamasi bor. Shaharda toʻqqizta oʻrta [[maktab]] bor. Bulardan biri texnik [[litsey]], yana biri maktab-[[gimnaziya]]dir.
 
Maktablarda darslar [[qirgʻiz tili|qirgʻiz]], [[oʻzbek tili|oʻzbek]] va [[rus tili|rus]] tillarida olib boriladi. Barcha oʻquvchilar qirgʻiz va rus tillarini oʻrganishadi. Bu ikki til Qirgʻizistonda rasmiy tildir. Maktablarda yana [[ingliz tili]] chet tili sifatida oʻqitiladi, ammo ingliz tili oʻqitish darajasining sifati yuqori emas. Umuman olganda Suluktada oʻzbek sinflardagi oʻquvchilar toʻrt, qirgʻiz sinflardagi oʻquvchilar uch tilni oʻrganishadi.
 
=== Kollej va litseyllar ===
[[File:Sulyukta Institute of Humanities and Economics.JPG|thumb|Sulukta gumanitar-iqtisodiy instituti]]
Suluktada uchta [[oliy oʻquv yurti]] bor. Sulukta gumanitar-iqtisodiy instituti yoki SGII ({{lang-ru|Сулюктинский гуманитарно-экономический институт, СГЭИ}}) shahardagi eng yirik oliy oʻquv mahkamasidir.<ref>{{cite web|title=Official Website|url=http://sgeibatgu.kg/|publisher=Sulukta Institute of Humanities and Economics|accessdate=13 November 2013|language=Russian}}</ref> Bu institut Botken davlat universitetiga yoki BatDU ga ({{lang-ru|Баткенский государственный университет, БатГУ}}) qaraydi. Bundan tashqari, Suluktada BatDU ning muhandislik va iqtisod markazi ({{lang-ru|Сулюктинский инженерно-экономический центр Баткенского государственного университета}}) hamda Pedagogik bilim yurti ({{lang-ru|Сулюктинское педагогическое училище Баткенского государственного университета}}) ham bor.
 
Suluktada yana № 73-kasb-hunar litseyi bor. Litsey [[Tikuvchilik|tikuvchilarni]], [[Duradgorlik|duradgorlarni]], [[elektr toki]] ishchilarini va [[Haydovchilik|haydovchilarni]] tayyorlaydi.
 
== Madaniyati ==
Suluktada ikki [[kutubxona]] bor: umumiy kutubxona va bollar kutubxonasi. Bu kutubxonalarning ikkisi ham davlatga qarashlidir. Bolalar kutubxonasining ikki filiali bor. Biri shaharning oʻzida, ikkinchisi Qoʻshbuloq shahar tipidagi posyelkasida joylashgan. Umumiy kutubxonada 55 138 ta, bollar kutubxonasida boʻlsa jami 88 016 ta nusxa bor.<ref name="AMKR">{{cite web|first=|title=Sulukta: City Profile|url=http://www.citykr.kg/en/sylykta.php|work=The Association of Municipalities of the Kyrgyz Republic|accessdate=12 November 2013}}</ref>
 
Suluktada 1936-yil ochilgan bollar [[musiqa maktabi]] ham bor. U yerda oʻquvchilar qoʻshiq kuylashni, raqsga tushishni va turli xil [[musiqa asbobi|musiqa asboblarini]] chalishni oʻrganishadi. Qoʻshbuloq qishlogʻida musiqa maktabining filiali faoliyat koʻrsatadi.
 
Suluktada faqat bitta [[park]] bor. Park yaqinida 5 000 tagacha tomoshabin sigʻadigan futbol stadioni mavjud. Suluktada yana madaniyat uyi faoliyat koʻrsatadi. Madaniyat uyining hozirgi binosi 1932-yil qurilgan.
 
Shahardan 35 km masofada Beles togʻ massivining tabiiy chegarasida „Togʻ Burguti“ [[bolalar lageri]] bor. Lager 1965-yil qurilgan. 2004-yil qayta taʼmirlangan. Lager bir potokda 500 bolaga xizmat koʻrsata oladi.
 
== Transporti ==
Sovet davrida Suluktani [[Xoʻjand]] (oʻsha paytlarda Leninobod deb atalgan) bilan tor izli [[temir yoʻl]] bogʻlab turgan. Hozir bu temir yoʻl ishlamaydi. Suluktada [[aeroport]] yoʻq. Shaharga eng yaqin aeroport [[Isfana]]da joylashgan. Bu ikki shahar orasidagi masofa 16 kilometrdir. Suluktani [[Laylak tumani]]dagi boshqa aholi punktlari bilan [[Avtomobil yoʻli|avtomobil yoʻllari]] bogʻlab turadi. Sulukta bilan poytaxt [[Bishkek]] orasidagi masofa 950 kilometrdir.
 
== Manbalar ==
{{Reflist|colwidth=30em}}
 
== Havolalar ==
{{Commons category}}
 
* [http://sulukta.clan.su/ Shahar 36-53], ''Sulukta shahrining norasmiy sayti'' {{ref-ru}}
* [http://binged.it/1dgmMJa Sulukta xaritasi], ''MSN'' {{ref-en}}
* [http://www.citykr.kg/sylykta.php Sulukta profili], ''Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi'' {{ref-ru}}
* [http://rus.azattyk.org/media/photogallery/24680733.html Unutilgan shaharlar: Sulukta — shaxterlarning birinchi shahri], ''Ozodlik radiosi'' {{ref-ru}}
* [http://www.spr.kg/sulyukta-i-sulyuktinskiy-gorodskoy-okrug/ Sulukta], ''SPR'' {{ref-ru}}
 
== Galereya ==
 
<gallery widths="145px" heights="120px">
File:Children's Ferris wheel in Sulukta.JPG|Sulukta markaziy parkida bolalar charxpalagi
File:Community Recreation Center, Sulyukta.JPG|Sulukta madaniyat uyi
File:РЦХ, Сулюкта.JPG|Suluktaning Qoʻshbuloq (Vostochnyi) qismidagi sovet davrida qurilgan sex
File:Восьмое Поле, Сулюкта.JPG|Qoʻshbuloqda sovet davrida qurila boshlangan binolar
File:Steep hill in Sulukta.JPG|Suluktaga kirib borishdagi qiyalikdagi manzara
File:Winter in Sulukta.JPG|Suluktada qish
 
</gallery>
 
{{Qirgʻiziston shaharlari}}
 
{{Bu yaxshi maqola}}
 
[[Turkum:Qirgʻiziston shaharlari]]
[[Turkum:Shaharlar]]
[[Turkum:Sulukta|*]]