Qrim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali
Qator 1:
:''Ushbu maqola yarim orol haqidadir. Shu yarim orolda joylashgan maʼmuriy birlik uchun [[Qrim Muxtor Respublikasi]]ga qarang.''
'''Qrim yarim oroli''' - [[Rossiyaukrayina]] janubidagi [[yarim orol]]. Maydoni — 27 ming km<sup>2</sup>. Gʻarb va janubda [[Qora dengiz]] va sharqida [[Azov dengizi]]ga tutash. Shimolda tor (8 km chamasida) [[Perekop boʻyni]] orqali [[Sharqiy Yevropa]] tekisligi bilan tutashgan. Qrim yarim orolining sharqida Qora dengiz va Azov dengizi oraligʻida [[Kerch yarim oroli]], gʻarbida Qrim yarim orolining bir qismi — [[Tarxankut yarim oroli]] joylashgan.
 
Q.ya.o.ning shim.-sharqiy sohili boʻylab Azov dengizining kichik qoʻltiqchalari (Sivash va b.) choʻzilgan. Shimoli (yarim orolning katta qis-mi) dashtli tekislik (Dashtli Qrim), janubi (maydoni jihatdan kichik) Qrim togʻlari bilan band. Eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh togʻi). Jan. da Qrimning jan. sohili boʻylab kam-bar tekislik choʻzilgan; sohilning u yer-bu yerida lakkolitga oʻxshash mag-matik jinslar (Ayudogʻ togʻi), qad. vul-kan massivlar (Qoradogʻ togʻi) uchraydi. Foydali qazilmalari: Kerch temir rudasi, koʻllarda tuz va shifobaxsh loylar, ohaktosh, gil, mergel. Q.ya. o.ning shimoliy qismining iqlimi moʻʼtadil quruq. Qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi G, 2°); yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 24°). Q.ya.o.ning jan. sohilida iqlim oʻrta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 24°) va qishi iliq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi 4°gacha). Yillik yogʻin gʻarbiy qismida 1000-1200 mm, sharqida 500-700 mm, shim.da 300—500 mm. Yarim orolning daryolari kamsuv; muhimlari — Chyornaya, Belbek, Kacha, Alma, Salgir. Shim. Qrim kanali, Salgir daryosida Simferopol suv ombori qurilgan. Bir necha yirik shoʻr koʻl bor. Shim. qismida kashtan, Sivash boʻylab kash-tan, shoʻrtob, shoʻrxok tuproqlar, markaziy qismida qoratuproq, togʻ oldi va togʻlarda ishqorsizlangan qoratuproq, qoʻngʻir togʻoʻrmon, yay-lovlarda qoratuproqsimon togʻ-oʻtloq tuproqlar tarqalgan. Shim. qismining yer yuzasi haydalib ekin ekiladi. Ozroq qismida dasht oʻsimliklari saqlanib qolgan. Togʻlarda (ayniqsa, shim. yon bagʻrida) dub, qoraqay-in-grab, qaragʻay oʻrmonzorlari bor. Qrimning jan. sohilida oʻrta dengiz atrofiga xos oʻsimliklar oʻsadi. Man-zarali daraxt va butalardan iborat parklar, bogʻlar, tokzorlar, tamaki plantatsiyalari koʻp. Qrim togʻlarining jan. etagidan sohil qismida dengiz boʻyi shahar-kurortlari joylashgan. Yarim orolda bir necha qoʻriqxona, Nikita botanika bogʻi bor.