Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Ximik1991 (munozara | hissa)
k interviki qoʻyildi
Qator 5:
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga, Konstitutsiyaga muvofiq keng va xilmaxil vakolatlar berilgan. Bu vakolatlar davlat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli boʻlib, mamlakat iqtisodiyoti va umuman jamiyat rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazadi. Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili; Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliydavlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur choratadbirlar koʻradi; mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi. Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni hisoblanadi. Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Favqulodda vaziyatlar (real, tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni koʻzlab, mamlakatning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini 3 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi. Prezidentning vakolatlari jumlasiga fuqarolik, siyosiy boshpana berish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan takdirlash, afv etish toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish va gunohidan kechishni amalga oshirish kabi masalalarni hal etish kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat boshligʻi sifatida Prezident davlat hokimiyati organlari tizimida muvofiklashtiruvchi vazifani bajaradi. Prezidentning ijro etuvchi hokimiyat organlariga nisbatan vakolatlari avvalo uning Oʻzbekiston Hukumatini tuzishdagi ishtirokida koʻrinadi. Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi; viloyat hokimlarini hamda Toshkent shahri hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik bu masalalarni tegishli xalq deputatlari Kengashlarining tasdigʻiga kiritadi. Prezident Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oʻz shaʼni va qadrqimmatiga dogʻ tushiradigan xattiharakat sodir etgan hokimlarni oʻz qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqdi. U respublika boshqaruvi organlarining , shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini toʻxtatishi, bekor qilishi mumkin. Prezident qabul qiladigan hujjatlar "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi"da, shuningdek, respublika gaz.larida rasman eʼlon qilinadi. Prezident oʻz vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati boʻlishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas. Prezidentning shaxsi daxlsizdir va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonun (2003 yil 25 aprel) bilan muhofaza etiladi. Prezidentning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilinishiga, shuningdek, uning shaʼni va qadrqimmatiga putur yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday harakatlar tegishli qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin. Bu qoida isteʼfoga chiqqan Prezidentga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi. Prezident mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli oʻz vazifasini bajara olmasligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoʻshma qaroriga koʻra tuzilgan davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda 10 kun muddat ichida palatalarning qoʻshma favqulodda yigʻilishida deputatlar, senatorlar orasidan 3 oygacha boʻlgan muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda 3 oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi oʻtkazilishi shart. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan Prezident umrbod Senat aʼzosi lavozimini egallashi koʻzda tutilgan.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19bobi "Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti" deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviyhuquqiy maqomi belgilab berilgan. Oliy Kengash 12chaqiriq 1sessiyasida deputatlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti lavozimyga N[[Islom Karimov|I.A.Karimov]] saylangan edi. "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida"gi qonunga binoan, 1991 yil 29 dek. va 2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida toʻgʻridantoʻgʻri umumxalq Prezident saylovlari oʻtkazildi. Bu saylovlar natijasida [[Islom Karimov|I.A.Karimov]] Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
 
Oʻzbekiston Respublikasinish Prezidenti samarali faoliyat yuritishni taʼminlash maqsadida Prezident devonini tuzadi, turli xizmat boʻlinmalarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oqsa/>oydagiOqsaroydagi qarorgohida faoliyat yuritadi. "Doʻrmon" (Qibray tumani) qarorgohida turli xalqaro uchrashuvlar, oliy martabali mehmonlarni kutib olish marosimlari va boshqalar tadbirlar oʻtkaziladi.
 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti devoni binosi — Toshkent shahrining markaziy qismida, Oʻzbekiston shohkoʻchasi (Anhor boʻyi)da joylashgan (1964, meʼmorlar V. Berezin, A. Faynleyb, R. Bleze, S. Eshonxoʻjayev va boshqalar; muhandis E.Lennishmidt va boshqalar). Asosiy bino 6 qavatli boʻlib, birinchi qavatga 900 oʻrinli majlislar zali tutashgan. Bino aniq geometrik shakllardan foydalanilgani, nisbatlarning aniq va monumentalligi, badiiy koʻrkam va meʼmoriy jihatdan oddiyligi bilan ajralib turadi. Asosiy bino (uz. 94 m) shimolga qaragan, 3 boʻlakdan iborat. Bino tarzidagi vertikal boʻlinishlar, katta hajmdagi derazalar hamda asosiy kirish eshigi mutanosibligi binoga alohida ulugʻvorlik baxsh etgan. Binoning jan. tomoni ham shu tarzda hal etilgan, unga quyosh nurini toʻsuvchi maxsus moslamalar ishlangan. Majlislar zali binosida vestibyul, foye, kutubxona, oshxona va boshqalar qoʻshimcha xonalar mavjud; zalga asosiy binoning 2qavatidagi maxsus yoʻlakdan oʻtiladi; binoning gʻarb tomonidagi oynalar oldiga alyuminiy plastinka (asalari iniga oʻxshash toʻsiq)lar qoʻyilgan, jan. tomoni qabariq bloklardan tashkil topgan. Bino pardozida yuqori sifatli marmar plitalar, koshinlar, suvogʻida maydalangan marmar boʻlakchalar va boshqalar ishlatilgan; atrofidagi hudud koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan.