Dmitriy Mendeleyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 23:
|religion =
}}
'''Mendeleyev Dmitriy Ivanovich''' ([[1834]].27.1 (8.2), [[Tobolsk]] — [[1907]].20.1 (2.2), Peterburg (hoz. [[Sankt-Peterburg)]])) — rus kimyogar olimi va pedagogi. Peterburgdagi Bosh pedagogika instituti fizikamatematika f-tining tabiiyot fanlar boʻlimini tugatgan (1855). 1856 y.da Peterburg untida magistrlik dissertatsiyasini yoklaydi. 1859—61 y.larda Gelderberg sh.ga ilmiy xizmat safariga yuboriladi. M. bu yerda Gelderberg untining R. V. Bunzen boshchiligidagi lab.da ishlaydi. 1861 y.da „Organik kimyo“ darsligi chop etiladi. 1865 y.da d-rlik dissertatsiyasini yoqlaydi va Peterburg untining prof., 1876 y.dan Peterburg FA muxbir aʼzosi qilib saylanadi. 1893 y.da M.ning tashabbusi bilan Oʻlchov va tarozi namunalari deposi Tarozi va oʻlchovlar bosh palatasiga aylantiriladi. M. umrining oxirigacha shu ishda boshqaruvchi (direktor) boʻlib ishlaydi.
 
M.ning ilmiy faoliyati keng va koʻp qirrali boʻlib, eng asosiylari kimyo, kimyo texnologiya, fizika, metrologiya, meteorologiya, iqtisod va b.ga oid. Kimyoviy elementlar davriy qonunining kashf qilinishi — M.ning buyuk xizmatidir (q. [[Mendeleyev davriy sistemasi]]). M. eritmalarning kimyoviy („gidrat“) nazariyasini ishlab chikdi, kritik trani kashf qildi (1860). Bir mol ideal gaz uchun bosim, hajm va t-ra orasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi holat tenglamasini (Klapeyron — Mendeleyev tenglamasi) hisoblab topdi (1874). Koʻmirni yer ostida gazga aylantirish gʻoyasini ilgari surdi (1888). Tutunsiz poroxning yangi tarkibini topdi (1890) va uni i.ch.ni yoʻlga qoʻydi.