Kimyoviy elementlar davriy sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
vikilashtirish
Ximik1991 (munozara | hissa)
k interviki qoʻyildi
Qator 1:
'''Kimyoviy elementlar davriy sistemasi''' (boshqa nomlari: '''Davriy jadval''', '''[[Dmitriy Mendeleyev|Mendeleyev]] davriy sistemasi''') — [[kimyoviy unsur]]larni ularning [[atom raqami]], [[elektron konfiguratsiyasi]] va davriy[[davr]]iy takrorlanuvchi [[kimyoviy xossa]]lariga asoslangan holda [[jadval]] shaklida tasvirlashdir[[tasvir]]lashdir. Unsurlar unda [[atom raqami|atom raqamlari]] (protonlari[[proton]]lari soni) oshib borishi tartibida joylashgan. Jadvalning standart shakli tepada 18 × 7 kataklardagi asosiy unsurlar va ostida ikki qator boshqa guruh unsurlaridan iborat. Jadval shuningdek toʻrtta toʻrtburchak bloklar: chapda [[s-blok]], oʻngda [[p-blok]], oʻrtada [[d-blok]] va pastda [[f-blok]]larga boʻlinishi mumkin. Jadval qatorlari [[davriy jadval davri|davr]], s-, d- va p-bloklardagi ustunlar esa [[davriy jadval guruhi|guruh]] deyiladi; bu ustunlarga [[galogenlar]] yoki [[inert gazlar]] degan alohida nomlar ham beriladi. Davriy jadval taʼrifiga binoan u [[davriy qonun]]ga koʻra tuzilgan uchun, har qanday davriy jadval yordamida tegishli unsurlarning xossalari orasida aloqadorlik keltirib chiqarish va yangi, hali ochilmagan yoki sintezlanmagan unsurlar xossalarini bashorat etish mumkin. Natijada davriy jadval [[kimyo]]da keng qoʻllanilib, muhim asos boʻlib xizmat qiladi.
 
== OʻzMEdan ==
'''Mendeleyev davriy sistemasi''', '''Kimyoviy elementlar davriy sistemasi''' — [[Dmitriy Mendeleyev|D. I. MendeleyevningMendeleyev]ning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. M. d. s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obʼyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.
 
Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va b.).
Qator 8:
J. Nyulends 1863 y.da elementlarni atom ogʻirliklari ortib borishi tartibida ketma-ket joylashtirib, har qanday elementdan hisoblaganda sakkizinchi element birinchi elementning xossalarini, muzikadagi sakkizinchi notaga oʻxshash, maʼlum darajada takrorlashini topdi. Nyulends bu qonuniyatni „oktavalar krnuni“ deb atadi va unga asoslanib, oʻziga maʼlum elementlarni guruh (sakkizlik)larga boʻlishga urinib koʻrdi. 1864 y.da L. Meyer kimyoviy elementlarni valentliklariga qarab olti guruhga boʻldi. Shunday qilib, Mendeleyevdan oldin elementlarni kimyoviy oʻxshashliklari asosida guruhga boʻlishdan nariga oʻtilmadi. Bu olimlar har qaysi elementni boshqa elementlardan mutlakr ajralgan holda olib qarashdi. Mendeleyev, oʻzidan ilgari oʻtgan tadqiqotchilarning aksicha, elementlarning at.m. qiymatlariga, fizik va kimyoviy xossalariga katta eʼtibor berdi. Mavjud elementlarni at.m. ortib borishi tartibida joylashtirib, elementlarning xossalari va ularning birikmalari ham oʻsha tartibda asta-sekin oʻzgarib borishini va maʼlum xossalarning oʻzi elementlar qatorida davriy suratda, yaʼni bir necha elementdan keyin takrorlanishini aniqladi. Bu krnuniyat davriy qonunda oʻz ifodasini topdi. Mendeleyev davriy qonunni quyidagicha taʼrifladi: oddiy moddalar (elementlar)ning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning at. m.lariga davriy ravishda bogʻliq boʻladi. U barcha elementlar boʻysunadigan davriy qonunni toʻliq namoyon qildi va baʼzi elementlar (chunonchi: berilliy, lantan, indiy, titan, vanadiy, erbiy, seriy, uran, toriy)ning oʻsha vaqtda qabul qilingan at.m.ni 1,5—2 marta oʻzgartirish, baʼzi elementlar (kobalt, tellur, argon)ning joylashish tartibini oʻzgartirish va nihoyat 11 elementning (fransiy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnetsiy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi.
 
Elementlarning xossalari kuyidagi tartibda oʻzgaradi (jadvalga k,.). Faol [[ishqoriy metall]] — litiydan[[litiy]]dan soʻng faolligi kamrok, [[metall]] — [[berilliy]], undan keyin kuchsiz metalloidlik[[metalloid]]lik xossalarga va metallarning baʼzi xossalariga ega boʻlgan [[bor]] turadi. Qatorda bordan keyin 4 valentli metalloid — uglerod, soʻng metalloidlik xossalari yanada ravshanroq ifodalangan azot, yaqqol metalloid — kislorod va niho-yat eng faol metalloid, yettinchi element — ftor keladi. Yuqorida aytib oʻtilgan 7 ta element xossalarining qisqacha taʼrifidan koʻrinadiki, litiyda ifodalangan metallik xossalari bir elementdan ikkinchisiga utishi bilan asta-sekin zaiflashib, metalloidlik xossalari kuchayib boradi va ftorda eng yuqori darajaga yetadi. Shu bilan birga at.m.lari ortib borgan sari elementlarning kislorodga nisbatan valentligi litiyda birdan boshlab, undan keyingi har qaysi elementda muntazam suratda bittadan ortib boradi. Ftordan[[Ftor]]dan keyin keladigan element — neon boshqa elementlar bilan birikmaydigan inert gazdir.
 
Neondan[[Neon]]dan soʻng (keyingi qatorda) litiyga oʻxshash bir valentli metall — [[natriy]] keladi. Natriydan[[Natriy]]dan keyin elementlar xossalarining oʻzgarib borishi tartibga qarab joylashadi, yaʼni yuqoridagi holat takrorlanadi. Darhaqiqat natriydan soʻng berilliy analogi boʻlgan magniy keladi; undan keyin alyuminiy turadi. [[Alyuminiy]], garchi bor kabi metalloid boʻlmay, balki metall boʻlsa ham, u baʼzida metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin koʻp jihatdan uglerodga oʻxshash toʻrt valentli metalloid — kremniy, undan soʻng kimyoviy xossalariga koʻra, azotga oʻxshash besh valentli fosfor, soʻngra metalloidlik xossalari kuchli ifodalangan element — oltingugurt undan keyin juda faol metalloid boʻlgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz — argon keladi. Maʼlum sondagi elementlardan keyin, goʻyo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz beradi; shundan keyin, maʼlum darajada, undan oldingi elementlarning xossalari xuddi oʻsha tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorlanadi.
 
1869 y.da Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni davrlarga boʻldi (u paytda 63 element maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil qiladigan birikmalari oʻxshash boʻlgan elementlarni bir-birining ostiga tushadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda hali maʼlum boʻlmagan elementlar uchun bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini aytibgina qolmasdan, balki ularning xossalarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleyev ba-shorat kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871 y.da M.d.s. ning ikkinchi varianti eʼlon qilindi. Bu variantda uzaro oʻxshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan boʻlib,’ qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib, Mendeleyev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini ba-shorat qildi. Mendeleyevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlanishida katta rol uynadi. Davriy sistema jadvalining hoz. koʻrinishi keyingi yillardagi kashfiyotlar va maʼlumotlar bilan toʻldirilgan.