Kimyoviy elementlar davriy sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k interviki qoʻyildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
k interviki qoʻyildi
Qator 2:
 
== OʻzMEdan ==
'''Mendeleyev davriy sistemasi''', '''Kimyoviy elementlar davriy sistemasi''' — [[Dmitriy Mendeleyev|D. I. Mendeleyev]]ning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. M. d. s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obʼyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.
 
Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va b.).
Qator 12:
[[Neon]]dan soʻng (keyingi qatorda) litiyga oʻxshash bir valentli metall — [[natriy]] keladi. [[Natriy]]dan keyin elementlar xossalarining oʻzgarib borishi tartibga qarab joylashadi, yaʼni yuqoridagi holat takrorlanadi. Darhaqiqat natriydan soʻng berilliy analogi boʻlgan magniy keladi; undan keyin alyuminiy turadi. [[Alyuminiy]], garchi bor kabi metalloid boʻlmay, balki metall boʻlsa ham, u baʼzida metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin koʻp jihatdan uglerodga oʻxshash toʻrt valentli metalloid — kremniy, undan soʻng kimyoviy xossalariga koʻra, azotga oʻxshash besh valentli fosfor, soʻngra metalloidlik xossalari kuchli ifodalangan element — oltingugurt undan keyin juda faol metalloid boʻlgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz — argon keladi. Maʼlum sondagi elementlardan keyin, goʻyo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz beradi; shundan keyin, maʼlum darajada, undan oldingi elementlarning xossalari xuddi oʻsha tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorlanadi.
 
[[1869]] y.da Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni davrlarga boʻldi (u paytda 63 element maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil qiladigan birikmalari oʻxshash boʻlgan elementlarni bir-birining ostiga tushadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda hali maʼlum boʻlmagan elementlar uchun bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini aytibgina qolmasdan, balki ularning xossalarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleyev ba-shorat kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871 y.da M.d.s. ning ikkinchi varianti eʼlon qilindi. Bu variantda uzaro oʻxshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan boʻlib,’ qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib, Mendeleyev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini ba-shorat qildi. Mendeleyevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlanishida katta rol uynadi. Davriy sistema jadvalining hoz. koʻrinishi keyingi yillardagi kashfiyotlar va maʼlumotlar bilan toʻldirilgan.
 
Ayni vaktda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng keng tarqalgan shakllari quyidagilardir: 1) Mendeleyev taklif etgan davriy sistemaning kiska varianti (shu jadval keltirildi). 2) M.d.s.ning shveysariyalik kimyogar A. Verner tomonidan 1905 y.da takomillashtirilgan uzun varianti. 3) Daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921 y.) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli.