Pulemyot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Fayl:Tula State Museum of Weapons (79-28).jpg|thumb|DShKM]]
[[Fayl:PKM DD-ST-85-01257.JPEG|thumb|Pulemyot Kalashnikova]]
[[Fayl:Soviet RPK-74.JPEG|thumb|RPK-74]]
'''Pulemyot''' (rus. pulya — oʻq va metat — otish) — dushmanning yer, havo va suvdagi nishonlarini shikastlash uchun ishlatiladigan tezotar avtomatik qurol. Tuzilishi va vazifasiga koʻra: stanokli, koʻl, tank, zenit, aviatsiya va rota P.lari, stvolining diametri boʻyicha asosiy kalibrli (6,5 — 8,0 mm) va yirik kalibrli (12,7—15 mm) xillarga boʻlinadi. Stanokli P. 2000— 2800 m gacha masofadan yerdagi nishonlarni va 500 m gacha masofadan havodagi nishonlarni shikastlaydi. Stanokli P. minutiga 250 — 700 oʻq uzadi, ogʻirligi 40—41 kg . Bu P.dan otishda ikki kishi ishtirok etadi. Zenit P.i havodagi nishonlarni (500 m gacha masofada) otish uchun moʻljallangan. Bu P. yirik kalibrli boʻlib, tank, bronetransportyor, kema va b. ga oʻrnatiladi. Nishonni 1830—3500 m dan shikastlaydi. Tank P.i tankka oʻrnatila-di: dushmanga tank toʻpi bilan birgalikda yoki alohida talafot yetkazish uchun moʻljallangan. Aviatsiya P.i, odatda, samolyot va vertolyotlarga oʻrnatila-di; dushman samolyotini, parashyutchilarini hamda yerdagi nishonlarni otish uchun qoʻllaniladi. Qoʻl P. dushmanning jonli kuchlari va oʻt ochish vosi-talarini shikastlash uchun moʻljallangan; 1500—1830 m gacha masofadagi nishonni aniquradi. Qoʻl P.idan past uchuvchi samolyotlarga qarshi otishda ham foydalanish mumkin. Qoʻl P.ining jangovar oʻq uzish tezligi minutiga 150—600 oʻq, ogʻirligi 10 — 16,25 kg . Uni bir kishi ishlata oladi. Rota P.i 1000 m gacha masofadagi ochiq gruppa-viy va yolgʻiz nishonlarni shikastlash uchun qoʻllaniladi. Jangovar otish tezligi minutiga 250 oʻq. P.lar magazinli va lentali turlarga boʻlinadi. P. bilan piyoda askarlar, tank, aviatsiya va b. harbiy boʻlinmalar qurollantiriladi. Birinchi P.ni amerika ixtirochisi X. S. Maksim 1883 y. ixtiro qilgan. Hozir koʻp mamlakatlarning qoʻshinlarida rus ixtirochilari V. A. Degtarev va M. T. Kalashnikov P.laridan foydalaniladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>