Barlos: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Maelba (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Maelba (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Barlos''', ''barulas'', ''ballos'' — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. 13-asr 2-yarmida Ila(Ili) daryosi boʻylaridan [[Qashqadaryo viloyati|Qashqadaryo]] vohasiga koʻchib kelgan. 14—15-asrlarda shu voha aholisining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim rol oʻynagan. [[Amir Temur]] barlos qabilasidan boʻlib, sarkarda va viloyat amirlarini asosan shulardan tayinlagan. Barloslarning bir guruhi [[temuriylar]] va [[boburiylar]] davrida [[Afgʻoniston]] va [[Hindiston]] hududiga koʻchib oʻtgan. 19-asrda birgina [[Dehli]] sh. atrofida 15 ming barlos yashaganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Ammo barlos qabilasining asosiy qismi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida qolib, [[dehqonchilik]] va [[chorvachilik]] bilan mashgʻul boʻlgan. Barloslar [[turkiy til]]ning qorluq-chigil lahjasida soʻzlashgan.
 
== Tarixi ==
Barloslar haqida Rashididdinning [[Oltin daftar]] kitobida, Moʻgʻullar maxfiy tarixi kitobida ayrim maʼlumotlar uchraydi. Rashididdining fikricha, barloslar moʼgʼullarning Borjigin urugʻidan tarqalgan. Rashididdinning yozishicha, barlos etnonimi [[Chingizxon]] davridan beri mavjud boʻlib, Chingizxon oʻgʻli [[Chigʻatoy]]ga 4 000 kishilik qoʻshin ajratganida, ularning koʻpchiligi barlos urugʻidan boʻlgan. Moʻgʻul tilidan tarjima qilinganida ''barlos'' soʻzi ʻʻyoʻgʻonʼʼ, ʻʻkuchliʼʼ deb tarjima qilinadi. [[Abulgʻozixon]] fikricha esa, barlos soʻzi ʻʻsarkardaʼʼ degan maʼnoni beradi
== Temuriylar davrida ==
 
== Temuriylar davridan keyin ==
 
== Hozirgi holati ==
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
== Havolalar ==
* [http://yangidunyo.com/isyonkor/index.php?itemid=15 Oʻzbek qabila va urugʻlari]
 
{{OʻzME}}