Tohir Malik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{birlashtirish|Tohir malik}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
'''Tohir Malik''' (taxallusi; asl ism-sharifi Hobilov Tohir Abdumalikovich) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2000). Oʻzbek adabiy fantastikasinkng asoschilaridan biri. Toshkent untining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda oʻqituvchi (1965—66) boʻlib ishlagan. "Lenin uchquni" gaz., "Guliston" (1975—78), Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda mugʻarrir (1981—82), "Choʻlpon" nashriyotida bosh muharrir (1985—87), "Sharq yulduzi" (1982—85), "Yoshlik" (1989— 91) jurnalilarida adabiy xodim, masʼul kotib, bosh muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1988— 90). Birinchi yirik asari — "Hikmat afandining oʻlimi" (1972). "Zaharli gʻubor" (1974), "Falak" (1975), "Somon yoʻli elchilari" (1978), "Chorrahada qolgan odamlar" (1982), "Bir koʻcha, bir kecha" (1983), "Alvido, bolalik" (1989), "Soʻnggi oʻq" (1990), "Ov" (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. "Soʻnggi oʻq" kissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. "Qaldirgʻoch" (1987) epik asari Abdulla Avloniy taqdiri misolida 20-y.lar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi.
 
== ==
[[Toshkent]] shahrida tugʻilgan. [[Toshkent]] Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir «[[Sharq]]» NMAK Bosh tahririyatida muharrir.