Texas: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 43:
Texasning eng katta shahri — [[Houston]] (AQShda toʻrtinchi eng katta); ikkinchi oʻrinda esa [[San Antonio]] (mamlakatda yettinchi eng katta). Boshqa katta shaharlari sirasiga [[Dallas]], [[Fort Worth (Texas)|Fort Worth]], [[El Paso (Texas)|El Paso]] va shtat poytaxti [[Austin (Texas)|Austin]] kiradi. Texas laqabi ''Yolgʻiz Yulduz shtati'' boʻlib, bu uning sobiq mustaqil davlat boʻlganini va Meksikadan mustaqil boʻlish uchun kurashganini eslatib turadi. „Yolgʻiz Yulduz“ni Texas bayrogʻi va gerbida koʻrish mumkin.<ref>{{cite web|url=http://www.netstate.com/states/intro/tx_intro.htm |title=Introduction to Texas |publisher=Netstate.com |accessdate=April 11, 2010}}</ref>
 
== GeografiyaGeografiyasi ==
Hududiy va geologik oʻzgachaliklariga qarab Texasda mamlakatning janubidagi va gʻarbiy-janubidagi [[yer]]larga oʻxshash har turli [[Landshaft|landshaftlar]] uchraydi.<ref>Sansom, Andrew: ''[http://books.google.com/books?id=LEHH7ovVVDgC Water in Texas: An Introduction]'', University of Texas Press, 2008, pg. 25</ref> Texas koʻpincha janubi-gʻarbiy qumli choʻllar bilan bogʻlangan boʻlib, shtat umumiy hududining 10% dan kamroq qismini qumliklar egallaydi.<ref>Dingus, Anne: ''The dictionary of Texas misinformation'', Gulf Publishing Company, 1987</ref> Shtat boʻylab sharqdan gʻarbga tomon sayohat qilinsa, sohildagi botqoqlar va qayragʻochli oʻrmonlardan, tekisliklardan, choʻqqilardan va oxirida [[Big Bend]] choʻllari va togʻlaridan tashkil topgan landshaftlarni uchratish mumkin.