Xoja Ahror: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Xoja ahrorAhror''' (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404, hozirgi Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani Bogʻiston qishlogʻi — 1490, Samarqand) — oʻrtaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida boʻlgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shugʻullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. X.A.ning bolalik va yoshlik davri Toshkentda oʻtgan. Toshkent va Samarqand madrasalarida tahsil olgan. U tasavvuf ilmiga qiziqadi, shu maqsadda Hirotga borib Shayx Bahouddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavviflar suhbatida boʻldi. Bahouddin Naqshbandniig shogirdi shayx Yoqub Charxiy (1447 y.v.e.)dan naqshbandiya tariqati asoslarini oʻrgandi. U Yoqub Charxiydan irshod huquqini olib, murshidi komillik maqomiga yetgach, Toshkent, Turkiston atroflarida shuhrat topa boshlaydi. Naqshbandiya taʼlimotining davomchisi sifatida ulamolar oʻrtasida katta obroʻ orttirdi va "valiy" ("avliyo") sifatida tanilib "Ahror" ("Hur", "Ozod") nomiga ega boʻldi. Tasavvufda bu nom 3 xil asirlikdan xalos boʻlgan: hayvoniy histuygʻularni yenggan; oʻzining barcha xohishistagidan voz kechib, faqat Allohning irodasiga boʻysungan; rasmrusum va hayot kechirishning barcha odat va anʼnalaridan xoli boʻlib, ilohiy nur yogʻdusiga gʻarq boʻlgan zotga nisbatan qoʻllaniladi.
 
X.A., ayni vaqtda, dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shugʻullanadi. Juda katta yersuv, molmulk uning tasarrufida edi. Shu bois Urta Osiyoda beqiyos iqtisodiy va siyosiy qudratga ega boʻlib, mamlakatning ichki va tashqi siyosiy hayotida yetakchi oʻrin egallaydi. U faqat Movarounnahrda emas, Xuroson, Hindistonda ham savdosotiq ishlarini yoʻlga qoʻygan. Butun umri davomida elyurt va xalqning manfaati yoʻlida koʻp savob, xayrli ishlar qilgan. Oʻz xoʻjalik faoliyatidan olgan daromadning koʻp qismini aholi toʻlashi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashga, diniy ishlarga, madaniy qurilishlarni amalga oshirishga sarflagan. Hojatmand insonlarga va oilalarga muttasil yordam berib, mehr va muruvvatini ayamagan. Jamiyatdagi tutgan yuksak mavqeidan foydalanib taxt uchun kurashgan shahzodalar oʻrtasidagi nizolarni tinchlik yoʻli bilan bartaraf qilgan. X.A. Amir Temur tuzgan buyuk saltanat parchalanayotgan, tahlikali va oʻta murakkab davrda yashadi. Shunday sharoitda u fuqarolar, elyurt manfaatini koʻzlab, siyosiy voqealarda ishtirok etishga majbur boʻldi. Garchi soliklar siyosatdan uzoq turishni afzal koʻrgan boʻlsalarda, X.A. bu anʼanani buzdi. X.A.ning sulton va podshohlar bilan muloqotda boʻlishi shunchaki yuksak martaba, shaxsiy manfaat va shuhrat ketidan quvish uchun emas, balki oddiy fuqarolar manfaatini himoya qilish uchun zarur edi. U shu tariqa mazlumlarning homiysiga aylandi. Jomiy, Navoiy, Bobur X.A.ni oʻzlariga maʼnaviy pirustoz deb bilganlar.