Afrikaans: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Innotata (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Afrikaans''', bur tili — hindevropa tillari oilasidagi german tillaridan biri (gʻarbiy german guruhchasi). JARning rasmiy tili (ingliz tili bilan birga). Asosan, JARning Transvaal, Oranj, Kap viloyatlari-da, shuningdek, Namibiya, Zambiyada va b. qoʻshni mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 6 mln. kishiga yaqin (1980-y.lar oxiri; 1990-y.lar oxirida bu miqdor birmuncha kamaygan).
 
lar oxiri; 1990-y.lar oxirida bu miqdor birmuncha kamaygan).
 
A. 17-a.da niderland tilining baʼzi lahjalari bilan nemis va ingliz tillarining hamda gottentot, bush-men, bantu kabi mahalliy tillarning oʻzaro yaqinlashuvi va aralashib ketishi jarayonida yuzaga kelgan. A.ning muhim belgisi uning hududiy lahjalarga boʻlinmaganligidir. Oʻziga xos xususiyatlari 17-a. oxirlarida Kap viloyati davrida shakllangan. 18-a.da va 19-a.ning 1-yarmida faqat ogʻzaki soʻzlashuv tili sifatida amalda boʻlgan. A.da yozilgan dastlabki asarlar 19-a.ning 70-y.laridagina paydo boʻlgan. A. 1925 y.dagina rasmiy til maqomiga ega boʻlgan — Jan. Afrika Ittifoqining davlat tili deb eʼtirof etilgan.