Balet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Balet''' (lot. ballo — raqsga tushaman) — asar mazmuni musiqiy xoreografik obrazlar vositasi bilan ifodalanadigan sahna sanʼati turi. Oʻzida sanʼatning dramaturgiya, musiqa, xoreografiya, tasviriy sanʼat kabi turlarini uygʻunlashtiradi, bu sanʼat turlarining hammasi alohida-alohida mavjud boʻlmay, B.ning sintez markazi boʻlgan xoreografiyaga boʻysunadi. B. librettochi, kompozitor, baletmeyster va rassom hamkorligida yaratiladi. B.ning dramaturgik asosi libretto (ssenariy)dan boshlanib, unda asarning asosiy mazmuni, gʻoya, ziddiyat va harakterlari aniq belgilanadi. Libretto koʻpincha adabiy asarga asoslanib, uni musiqa va xoreografiyada gavdalantirish imkoniyati hisobga olinadi. Ssenariy asosida esa kompozitor B. musiqasini yaratadi. Uning izchilligi, sahna koʻrinishi, parda va nomerlarga boʻlinishi ssenariyda koʻrsatiladi. Musiqa faqat ssenariyni ifodalabgina qolmay, balki musiqali obrazlarning mazmuni bilan uni boyitadi. B. musiqasi xoreografiyani yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. B.— musiqada yozilgan, xoreografiyada gavdalantirilgan drama. Xoreografik harakatning asosi raqs va inson tanasining plastikasidir. B.da raqsning mumtoz, harakterli, sahna, xalq, erkin plastika, "modern" kabi turlaridan foydalaniladi. Mumtoz raqs Yevropa B. sanʼatida yetakchi oʻrinni egallab, pantomima, raqsning boshqa turlari, sport va akrobatika elementlari bilan boyib bormoqda. B. spektaklida dekoratsiya, libos, yorugʻlik va b. hamma tasviriy vositalarni musiqiy-xoreografik harakatga uygʻunlashtirish rassomning vazifasidir. B. spektaklining ijrosi, musiqiy talqini va musiqa bilan raqs harakatining uygʻunligiga dirijyor rahbarlik qiladi. B.ning fojia, komediya, pyesa, B.— simfoniya kabi janrlari mavjud. B. spektakllari bir pardali, koʻp pardali boʻladi. B. atamasi asosan 16 — 19-a.lar davomida shakllangan Yevropa B. sanʼatini ifodalaydi, lekin 20-a.dan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Xoz. Yevropa B.ining paydo boʻlishi qad. xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15 — 16-a.lar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, soʻng boshqa mamlakatlarda B. sanʼatini vujudga kelishiga sabab boʻldi. 1581 y. Fransiyada yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, soʻz va ashula bilan ifodalangan birinchi B. spektakli ("Qirolichaning hajviy baleti") yaratildi. 1661 y. Parijda tashkil qilingan "Qirollik raqs akademiyasi" B.ning professional sanʼatga aylanishida katta rol oʻynadi. 18-a.da Angliya, Avstriya va Fransiyada B. batamom mustaqil sanʼat turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi B. spektakli 17-a.ning 70-y.larida ("Orfey va Evredika haqida balet") yaratilgan.
 
lar davomida shakllangan Yevropa B. sanʼatini ifodalaydi, lekin 20-a.dan kengroq talqin qilinib, Osiyo va Afrika mamlakatlarining raqs tomoshalariga nisbatan ham ishlatiladi. Xoz. Yevropa B.ining paydo boʻlishi qad. xalq musiqali raqs tomoshalariga borib taqaladi. 15 — 16-a.lar teatrlashgan raqslarning shakllanish jarayoni avval Italiyada, soʻng boshqa mamlakatlarda B. sanʼatini vujudga kelishiga sabab boʻldi. 1581 y. Fransiyada yaxlit va rivojlangan mazmunli musiqa, raqs, pantomima, soʻz va ashula bilan ifodalangan birinchi B. spektakli ("Qirolichaning hajviy baleti") yaratildi. 1661 y. Parijda tashkil qilingan "Qirollik raqs akademiyasi" B.ning professional sanʼatga aylanishida katta rol oʻynadi. 18-a.da Angliya, Avstriya va Fransiyada B. batamom mustaqil sanʼat turi sifatida shakllandi. Rossiyada birinchi B. spektakli 17-a.ning 70-y.larida ("Orfey va Evredika haqida balet") yaratilgan.
 
Oʻzbek xalqi qadimdan oʻzining mumtoz raqsiga, rang-barang , rivojlangan raqs madaniyatiga ega boʻlib, bu Oʻzbekistonda professional B. sanʼatining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. 1918 y. Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida Davlat rus opera teatri tashkil qilindi. Teatr qoshida kichik balet truppasi ham boʻlgan. 1929 y. teatr opera va balet teatri nomini oldi. "Lolaqizgʻaldoq" (R. Glier), "Raymonda" (A. Glazunov), "Ferenji" (B. Yanovskiy), "Boqchasaroy favvorasi", "Kavkaz asiri" (B. Asafyev) kabi B.lar qoʻyildi. 1933 i. Toshkentda 1-Respublika balet maktabi (1935 y.dan Tamaraxonim nomida) ochildi. 1933 y. birinchi oʻzbek milliy B. pantomimasi — "Paxta" (baletmeyster Us t a Olim Komilov) sahnalashtirildi. Keyinchalik "Shohida" (F. Tal), "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy), "Togʻlar qalbi" (A. Balanchivadze), "Laylakcha" (D. Klebanov) kabi B.lar oʻzbek mumtoz va xalq raqslari asosida yaratildi. 1941 y.da balet maktabining birinchi bitiruvchilari G. Izmaylova, R. Urmanseva, N. Tarshilova qabilar balet truppasiga kelib qoʻshildi. Ammo truppada tayyorlangan kordebaletning yuqligi mumtoz B.lar qoʻyish imkonini bermasdi. 1943 y.dagina "Oqbilak" (S. Vasilenko) baleti qoʻyildi. 1948 y. oʻzbek opera va balet teatri Sverdlov nomidagi rus opera va balet teatri bilan birlashtirilib, A. Navoiy nomidagi opera va balet teatriga aylantirildi va tajribali kordebalet artistlari bilan kuchaytirildi. "Bukri toychoq" (Ch. Puni), "Don Kixot" (L. Minkus), "Oqqush koʻli" (P. Chaykovskiy) kabi mumtoz, "Raqqosa" (G. Mushel) kabi milliy B.lar qoʻyildi. 1948 — 51 y.lar Moskva xoreografiya bilim yurti qoshida ochilgan oʻzbek balet studiyasida H. Komilova, G. Mavayeva, K. Yusupova, F. Nosirova, Yo. Hojisaidova, L. Bashirova, A. Nazrullayev, R. Tanguriyev va b. taʼlim oldilar.