Belgrad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Belgrad''' (serbcha Београд/Beograd) — Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxddan 110 m balandlikda. Belgrad [[Gʻarbiy Yevropa]]dan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga boriladigan yoʻllar ustida. Iqlimi moʼtadil kontinental. [[Yanvar]]ning oʻrtacha harorati 0’ dan 2°C gacha, iyulniki 22,2C°. Yiliga 634 mm yogʻin tushadi. Aholisi 1,8 mln. kishi (1995). Mayd. 600 km<sup>2</sup>.
 
B. toʻgʻrisidagi dastlabki tarixiy maʼlumot mil. av. 4 — 3-a.larga tegishli, uni keltlar Singidunum deb atashgan. Shahar qulay geografik oʻringa ega boʻlganligi sababli u oʻtmishda juda kup marta qoʻddanqoʻlga oʻgib kelgan. Mil. av. 33 y.dan boshlab u deyarli yetti asr davomida Rim imperiyasi tasarrufida boʻlib kelgan. 9-a.dan B. serbcha Beograd ("Oq shahar") nomi b-n maʼlum; 11-a.dan Makedoniya podshohligi, soʻngra Vizantiya imperiyasi tarkibida. 12 — 14-a.lardan B. goh Vengriya, goh Vizantiya tasarrufida, 15-a.dan u yana serblarga oʻtib turdi. 1521 y.dan shahar turklar — Usmonlilar saltanati qoʻl ostida boʻlgan va "Dorul Al-Shahad", yaʼni "Qutlugʻ urush shahri" deb atalgan. 1806 y. Serbiya knyazligining poytaxtiga aylandi. 1813 — 67 y.larda yana Turkiya tarkibida, 1-jahon urushi yillarida Avstriya qoʻli ostida boʻldi. Urushdan soʻng (1918 y.dan) Serb, xorvat va slovenlar kirolligi(1929 y.dan Yugoslaviya)ning poytaxti, 2-jahon urushi arafasida Yevropaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. B. 1944 y. 20 okt.da nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945 y.dan YUXFR, 1963 92 y.larda YUSFR poytaxti.
 
dan Makedoniya podshohligi, soʻngra Vizantiya imperiyasi tarkibida. 12 — 14-a.lardan B. goh Vengriya, goh Vizantiya tasarrufida, 15-a.dan u yana serblarga oʻtib turdi. 1521 y.dan shahar turklar — Usmonlilar saltanati qoʻl ostida boʻlgan va "Dorul Al-Shahad", yaʼni "Qutlugʻ urush shahri" deb atalgan. 1806 y. Serbiya knyazligining poytaxtiga aylandi. 1813 — 67 y.larda yana Turkiya tarkibida, 1-jahon urushi yillarida Avstriya qoʻli ostida boʻldi. Urushdan soʻng (1918 y.dan) Serb, xorvat va slovenlar kirolligi(1929 y.dan Yugoslaviya)ning poytaxti, 2-jahon urushi arafasida Yevropaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. B. 1944 y. 20 okt.
 
da nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945 y.dan YUXFR, 1963 92 y.larda YUSFR poytaxti.
 
B. Serbiyaning eng yirik iqtisodiy markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. B. va uning atrofida koʻplab sanoat korxonasi, jumladan metallsozlik, mashinasozlik (transport va q.x. mashinasozligi, elektrotexnika va motorsozlik), kimyo, toʻqimachilik (asosan jun gazlama), oynasozlik va yogʻochsozlik, oziq-ovqat (un tortish, goʻsht konserva, shakarkdnr), poligrafiya sanoata va b. bor. Anʼanaviy hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. B. sanoat korxonalari asosan Dunay daryosining oʻng sohilida va shahar atrofida joylashgan. B.ning tarixiy qismida qad. yodgorliklardan oʻrta asr Kalemagdan qalʼasi qoldiqlari, Bayroqli Jomiya masjidi va shayx Mustafo maqbarasi (1690), Dositey Obradovich litseyi (18-a. oʻrtalari), knyaz Lyubitsi uyi (1829 — 36) va b. saqlangan. 1892 y.da Serbiya Fanlar akademiyasi, 1905 y.da unt tashkil etilgan. B.ning markaziy qismida 19-a. 2-yarmi va 20-a. boshlarida qurilgan binolardan Xalq teatri, Eski saroy, Teraziye maydoni ansambli va b. mavjud. B.da Xalq muzeyi (tarix, arxeologiya, etn. yodgorliklari, Yugoslaviya va chet mamlakatlar sanʼati namunalari), Zamonaviy sanʼat muzeyi, Shahar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Etnografiya muzeyi, Belgrad sh. rasmlar galereyasi, hayvonot bogʻi bor. 1950 — 80-y.larda koʻplab zamonaviy uy-joylar (Yangi Belgrad r-ni) qurilgan.