Berlin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² (4) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 40:
Berlin poytaxt boʻlgach, aholisining soni chetdan koʻchib kelganlar hisobiga tez oʻsdi, shahar chegarasi ham kengaydi. Berlin aholisi soni quyidagicha oʻzgarib bordi: 1939 y.da 4,3 mln., 1945 y.da 2,8 mln., 1995 y.da 3,4 mln.
 
Berlin haqidagi dastlabki tarixiy maʼlumot 1244 i.ga tegishli. U ikki aholi punktining birlashuvidan tashkil topgan. 1486y.dan Brandenburg gersogligi poytaxti bulgan. 17-a.da Fransiya va Bohemiyadan kelgan qrchoklar hisobiga uning aholisn tez oʻsdi. 19-a. esa Berlinning iqtisodiy rivojida muhim davr hisoblanadi. Ayni shu vaqtda (1871) u kayzer imperiyasining poytaxti va Yevropaning yirik markazlaridan biri sifatida shakllandi. Sanoat boʻyicha esa Yevropada unga teng shahar yoʻq edn. Shaharda bir qancha xalqaro kongress va konferensiyalar oʻtkazilgan. 1945 y.gacha Berlin Olmoniyaning eng yirik fan. madaniyat va siyosiy markazi. 1933—45 y.larda Berlin gitlerchilar "uchinchi reyxi"ning poytaxti. Berlin 2-jahon urushi yakunida sovet qoʻshinlari tomooʻidan oʻrab olinib, qattiq bombardimon qilindi va toʻplardan oʻqqa tutilgach. 1945 y. 2 mayda toʻliq egallandi. Urushdan keyin ittifoqchilar Berlinni 4 okkupatsiya sektoriga: Sovet, AQSH, Angliya va Fransiya sektorlariga boʻlishdi. Keyinchalik ittifoqchilar oʻrtasidagi yuz bergan kelishmovchiliklar sababli Olmoniya kabi Berlin ham 2 qismga — Sharqiy va Gʻarbiy Berlinga boʻlindi va GDR aholisini ommaviy ravishda Gʻarbga oʻtishini toʻxtatish maqsadida 1961 y.da "Berlin devori" (Sharqiy Olmoniya va Gʻarbiy Berlin oʻrtasida umumiy uz. 162 km, jumladan shahar doirasida 45 km boʻlgan toʻsiq ikshootlar tizimi) qurildi. 70-y.lar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989 y. 9 noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (q. Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Olmoniya) va GDR (Sharqiy Olmoniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990 y. 3 okt. dan kuchga kirdi va birlashgan Olmoniyaning federal poytaxti statuyey Bonn sh.dan Berlinga oʻtdi.
 
lar boshida vaziyat bir muncha yumshadi. 1989 y. 9 noyabrdagi siyosiy uzgarishlar tufayli Berlin devori olib tashlandi (q. Berlin devorining suyaatilishi), soʻngra GFR (Gʻarbiy Olmoniya) va GDR (Sharqiy Olmoniya) qoʻshilishi haqida maxsus shartnoma imzolandi va u 1990 y. 3 okt. dan kuchga kirdi va birlashgan Olmoniyaning federal poytaxti statuyey Bonn sh.dan Berlinga oʻtdi.
 
Berlinning siyosiy mavqei oshishi bilan uning iqtisodi ham tez rivojlandi. Kimyofarmatsevtika, poligrafiya, optika, toʻqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik (elektrotexnika, elektr priborlari i. ch., umumiy va transport mashinasozligi) sanoati korxonalari mavjud.