Bolalar adabiyoti: Versiyalar orasidagi farq

Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
k (imlo)
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
O'zbek B. a. jahon B. a.ning ilgor anʼanalari taʼsirida rivojlandi. Jahon B. a.ning nodir namunalari o'zbek tiliga tarjima qilindi, "Gulliverning sayohatlari" (J. Svift), "Robinzon Kruzo" (D. Defo), "Tom togʻaning kulbasi" (BicherStou), "Soʻna" (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari oʻzbek bolalarning ham mulki boʻlib qoldi.
 
Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish B. a. tarjimachiligidagi bir yoʻnalish boʻlsa, Gʻarb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini oʻzbekchalashtirish ikkinchi yoʻnalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning "Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va b. ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va oʻqish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik B. a.ning oʻziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-a.ning 20—30-y.larida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va b. ijodkorlarning asarlari o'zbek B. a.ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
ning 20—30-y.larida Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Joʻra, Kudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Poʻlat Moʻmin va b. ijodkorlarning asarlari o'zbek B. a.ning rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
O'zbek B. a.da ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod", Mirtemirning "Ajdar", Shukur Saʼdullaning "Uch ayiq", "Ayyor chumchuq", Zafar Diyorning "Yangi ertak", "Toshxon bilan Moshxon", "Tulkining hiylasi", Sulton Joʻraning "Zangor gilam" va "Qaldirgʻoch" singari adabiy ertaklari xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-y.larda o'zbek bolalar sheʼriyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi.
80-y.lar B. a.da Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va b. ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan eʼtiborga sazovor boʻldi.
 
B.a.da badiiylik bilan bir qatorda maʼrifiylik ham yetakchi oʻrin tutadi. Chunki B.a. namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar B.a.ning taraqqiyot tamoyillari, avvalo, maʼrifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq B.a. rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham koʻzga tashlanadi. Jumladan, 20 a. boshlarida o'zbek B.a.da koʻproq maʼrifatparvarlik gʻoyalari yetakchilik qilsa, 30-y.lar B.a.da realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060-y.lar B.a.da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-y.lar B.a.da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
 
lar B.a.da psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, oʻz qarashlariga ega boʻlgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.
 
O'zbek B.a. taraqqiyotida 90-y.dar yangilanish davri boʻldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi B.a. namoyandalari ijodiga ham sezilarli taʼsir qildi, ularning asarlarida haqiqiy o'zbek qiyofasi tasviri yetakchi oʻrin egallay boshladi.
187 764

ta tahrir