Botanika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 2 × [[]]; + Turkum:Botanika, - {{no iwiki}}
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 5:
Oʻsimliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar qad. Sharq xalqlari qoʻlyozmalarida uchraydi. Lekin ilmiy B.ga yunonlar asos solishgan. Oʻsimliklarni tekshirishga bagʻishlangan eng qad. maʼlumotlar yunon faylasufi Aristotel ishlarida uchraydi. Aristotelning shogirdi Teofrast birinchi boʻlib oʻsimliklarning hayotiy shakllari tasnifini bergan, oʻsimliklarni daraxtlar, butalar, yarim butalar va oʻtlarga ajratgan. Teofrast B.ning otasi hisoblanadi. Oʻrta asrda yashagan vatandoshlarimiz Beruniy va Ibn Sino asarlarida ham shifobaxsh oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab maʼlumotlar beriladi. Endilikda oʻsimliklar qoplamining biosferadagi ahamiyati, biosferaning eng muhim komponenti sifatida ularni muhofaza qilish, oʻsimliklar dunyosi genofondini saqlash, oʻsimlik boyliklaridan oqilona foydalanish muammolari birinchi oʻringa chiqdi.
 
Oʻzbekistonda. B. sohasidagi dastlabki i. t. ishlari 20-a. ning 20-y.larida boshlangan. Oʻsha yillari Oʻrta Osiyo davlat unti, 40-y.lar boshida esa O'zbekiston FA Oʻzbekiston usimliklarini oʻrganish boʻyicha bir necha ekspeditsiyalar uyushtiradi. Yigʻilgan oʻsimliklar kolleksiyasi O'zbekiston gerbariysini tuzish uchun asos boʻldi. Hozir FA Botanika institutidagi markaziy gerbariyda 1 mln.dan ortiq usimliklar namunasi va 10000 dan ziyod oʻsimlik turlari bor. Bu kolleksiyalar va tabiatda olib borilgan kuzatishlar Urta Osiyo florasining genezisi va usimliklar krplamining rivojlanishi toʻgʻrisida yirik nazariy va fundamental ishlarni amalga oshirishda asosiy baza boʻlib xizmat qildi. Xususan O'zbekiston FA Botanika instituti tomonidan 1941—62 y.larda 6 jildli "O'zbekiston florasi" asari yaratildi. Unda 4274 oʻsimlik turlari, jumladan 390 endemik turlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. O'zbekiston botaniklari Urta Osiyo respublikalari olimlari bilan hamkorlikda 8 mingdan ortik, turni oʻz ichiga olgan 10 jildli "Urta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi"ni tuzib chikishdi. Zamburugʻlar boʻyicha esa 10 jildli "Oʻzbekiston zamburugʻlari" nomli asar yuzaga keldi.
Oʻzbekistonda. B. sohasidagi dastlabki i. t. ishlari 20-a. ning 20-y.
 
larida boshlangan. Oʻsha yillari Oʻrta Osiyo davlat unti, 40-y.lar boshida esa O'zbekiston FA Oʻzbekiston usimliklarini oʻrganish boʻyicha bir necha ekspeditsiyalar uyushtiradi. Yigʻilgan oʻsimliklar kolleksiyasi O'zbekiston gerbariysini tuzish uchun asos boʻldi. Hozir FA Botanika institutidagi markaziy gerbariyda 1 mln.dan ortiq usimliklar namunasi va 10000 dan ziyod oʻsimlik turlari bor. Bu kolleksiyalar va tabiatda olib borilgan kuzatishlar Urta Osiyo florasining genezisi va usimliklar krplamining rivojlanishi toʻgʻrisida yirik nazariy va fundamental ishlarni amalga oshirishda asosiy baza boʻlib xizmat qildi. Xususan O'zbekiston FA Botanika instituti tomonidan 1941—62 y.larda 6 jildli "O'zbekiston florasi" asari yaratildi. Unda 4274 oʻsimlik turlari, jumladan 390 endemik turlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. O'zbekiston botaniklari Urta Osiyo respublikalari olimlari bilan hamkorlikda 8 mingdan ortik, turni oʻz ichiga olgan 10 jildli "Urta Osiyo oʻsimliklari aniqlagichi"ni tuzib chikishdi. Zamburugʻlar boʻyicha esa 10 jildli "Oʻzbekiston zamburugʻlari" nomli asar yuzaga keldi.
 
Oʻzbekistonning qazilma florasi boʻyicha Botanika instituti olimlari tomonidan bir qancha i.t. ishlari olib boriddi. Tadqiqot natijasida 3 jiddli "Oʻzbekiston paleobotanikasi" paydo boʻldi. Choʻl, yarimchoʻl, togʻ oldi oʻtloqlarining hosildorligini oshirishning fitomeliorativ va agrotexnikaviy metodlari asoslab berildi va amaliy foydalanishga takdim etildi.