Buxarest: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Buxarest''', Bukureshti —Ruminiya Respublikam poytaxti. Mustaqil maʼmuriy birlik. Mamlakatning jan. da, Quyi Dunay pasttekisligida, Dunayning chap irmogʻi boʻlgan Dimbovitsa daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 1,9 mln. kishi (1995). Shahar hozirgi nomi bilan 14-a.dan maʼlum. 1659 y.dan Valaxiya, 1861 y.dan Ruminiya poytaxti. 1941 y. iyunda B.ni nemisfashist qoʻshinlari egallagan. 1944 y. nemislardan ozod etildi.
 
dan maʼlum. 1659 y.dan Valaxiya, 1861 y.dan Ruminiya poytaxti. 1941 y. iyunda B.ni nemisfashist qoʻshinlari egallagan. 1944 y. nemislardan ozod etildi.
 
B. Ruminiyaning eng yirik shaxri, iqtisodiy va madaniy markazi. Yirik transport yoʻllari tuguni — transevropa magistrallari chorrahasida. Xalqaro aeroport bor. B. mamlakatda sanoat mahsuloti i.ch.da salmoqli oʻrin tutadi. B. ning asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oynashisha, chinnifayans, poligrafiya, rangli va qora metallurgiya, yogochsozlik. B.da Ruminiya FA ning boʻlimlari va uning i.t. institutlari, tarmoq akademiyalari, unt va b. oʻquv yurtlari ishlab turibdi. Yevropa mamlakatlarida mashhur boʻlgan konservatoriya, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, Ateneum konsert zali (19-a.) va b. madaniymaorif muassasalari bor. Shaharning asosiy qismi Dimbovitsa daryosining baland soʻl sohilida. U yerda muhim maʼmuriy, savdo va madaniy muassasalar joylashgan. Metropoliten qurilgan. B. va uning atrofida bogʻlar, meʼmoriy va arxeologiya yodgorliklari koʻp. 16—18-a.larga oid monastir va cherkovlar (MixayVode, Patriarx, Kretsulesku) saqlangan. Respublika Saroyi (20-a.) bor. 1977 y.da zilziladan qattiq shikastlangan.