Drama: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Drama''' (yun. drama — harakat) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). D. teatrte. ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻkligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi D.ning oʻziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy (konkret tarixiy va umuminsoniy) muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qaxramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo dialog va monologlarda ifodalanadi. D. matni koʻrishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga moʻljallanadi; u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizanssenalar qurilishi) imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. D. adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada oʻz talqinini topadi. D. tufayli teatr sanʼati yuzaga kelgan va u kino sanʼati uchun ham asos boʻlgan (q. [[Kinodramaturgiya]]). D. janrlari: tragediya, komediya, drama (janr sifatida) va tragikomediya. 2) Dramaturgiya janrlaridan biri. Maʼrifatparvarlik davri (Didro, Lessing)dan boshlab D. badiiy adabiyotning yetakchi janrlaridan biriga aylangan. Unda insonning ziddiyatli hayoti ifodalanadi. Tarixiy D.ga fojiaviylik xos. Oʻzbek dramaturgiyasi 20-a. boshlarigacha ogʻzaki shaklda mavjud edi. 20-a.ning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: "Padarkush yoki oʻqimagan bolaning holi" (Behbudiy), "Toʻy" (Nusratulla Qudratulla va Hoji Muʼin), "Boy ila xizmatkor", "Koʻknor", "Mazluma xotin" (Hoji Muʼin), "Juvonmarg", "Ahmoq" (Abdulla Badriy), "Baxtsiz kuyov" (Abdulla Qodiriy), "Zaharli hayot", "Ilm hidoyati" (Hamza), "Pinak", "Advokatlik osonmi?" (Avloniy) va b. Bular D. janri imkoniyatlarini oʻzida toʻla ifodaladi. 20—30-y.larda oʻzbek dramaturgiyasi Gʻulom Zafariy, Fitrat, Choʻlpon, Ziyo Said, Xurshid, Sobir Abdulla va b. dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-y.lar dramaturgiyasi 2-jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda oʻzbek xalqi tarixi, buyuk siymolar koʻproq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, Uygʻun, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan "Muqanna", "Jaloliddin", "Alisher Navoiy", "Mirzo Ulugʻbek" kabi tragediya va dramalar yaratdilar. Oʻzbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida yaratildi. D.da davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash oʻzbek sahna asarlarining yetakchi xususiyatiga aylandi. A. Qahhorning "Shohi soʻzana", "Tobutdan tovush", I. Sultonning "Imon", Uygʻunning "Parvona", Oʻ. Umarbekovning "Qiyomat qarz" pyesalari shular jumlasidan.
 
ning 1-yarmida dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi: "Padarkush yoki oʻqimagan bolaning holi" (Behbudiy), "Toʻy" (Nusratulla Qudratulla va Hoji Muʼin), "Boy ila xizmatkor", "Koʻknor", "Mazluma xotin" (Hoji Muʼin), "Juvonmarg", "Ahmoq" (Abdulla Badriy), "Baxtsiz kuyov" (Abdulla Qodiriy), "Zaharli hayot", "Ilm hidoyati" (Hamza), "Pinak", "Advokatlik osonmi?" (Avloniy) va b. Bular D. janri imkoniyatlarini oʻzida toʻla ifodaladi. 20—30-y.
 
larda oʻzbek dramaturgiyasi Gʻulom Zafariy, Fitrat, Choʻlpon, Ziyo Said, Xurshid, Sobir Abdulla va b. dramaturglar ijodi tufayli yanada rivojlandi. 40-y.lar dramaturgiyasi 2-jahon urushi va urushdan keyingi davr vazifalariga muvofiq taraqqiy etdi. Zamonaviy dramatik asarlarda oʻzbek xalqi tarixi, buyuk siymolar koʻproq yoritildi. H. Olimjon, Izzat Sulton, Uygʻun, Shayxzoda kabilar insonparvarlik va vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan "Muqanna", "Jaloliddin", "Alisher Navoiy", "Mirzo Ulugʻbek" kabi tragediya va dramalar yaratdilar. Oʻzbek dramaturgiyasining yetuk namunalari bu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida yaratildi. D.da davr muammolari va hayotiy ziddiyatlarni ichki ruhiy kechinmalar asosida ifodalash oʻzbek sahna asarlarining yetakchi xususiyatiga aylandi. A. Qahhorning "Shohi soʻzana", "Tobutdan tovush", I. Sultonning "Imon", Uygʻunning "Parvona", Oʻ. Umarbekovning "Qiyomat qarz" pyesalari shular jumlasidan.
 
== Adabiyot ==