Eltarish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Eltarish''', Qutlugʻ (? 691) - Turk xoqonligi hukmdori (680—691). Bumin xoqonning avlodi. Dastlab tudun unvoni bilan Xitoyning shim.dagi turkiy qabilalarga rahbarlik qilgan. Asl ismi Qutlugʻ boʻlib, keyinchalik E. — davlatni, xalqni birlashtiruvchi degan nom olgan. U bir muddat Xitoyning Tan sulolasiga (618—907) qaram boʻlib qolgan Turk xoqonligining 681 yilda qaytadan mustaqil davlat boʻlishiga asosiy hissa qoʻshgan. Oʻrxun bitiktoshlari va Xitoy yilnomalarida Tabgʻach (Xitoy)ga qarshi E. boshchiligida istiqlol uchun olib borilgan harakatlar batafsil bayon qilingan. Jumladan, bitiktoshlarda E. xoqon ayoli Elbilga xotun bilan birgalikda davlatni qaytadan barpo etgani taʼkidlanadi. Xitoy yilnomalarida Gudulu (Qutlugʻ) shaklida qayd qilingan E. xoqon Tan imperiyasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan turkiy qabilalarga boshchilik qiladi va dastlab Xitoyning shim.dagi Chuqayquzi va Qoraqum (Xuanxe daryosining shim.) mavzelarida qarorgoh qurib, faoliyat yurita boshlaydi. U turkiy ashide qabilasining boshligʻi Toʻnyuquq (Yuanchjen) bilan birlashib kuchayadi va 682— 687 yillar orasida Shim. Xitoyning Pinchjou (682), Dinchjou (683), Guychjou (683), Lanchjou (683), Finchjou (683), Yuychjou (683), Shochjou (684), Shochjou (686), Daychjou (686), Chanpxin (687) Shochjou (687) viloyatlariga jami 11 marta yurish qiladi va yirik gʻalabalarga erishadi. E. 687 yilda yirik turkiy qabilaoʻgʻuzlarni yengib, Oʻtukan (Moʻgʻulistonning shim.gʻarbiy qismidagi Xangay togʻlarida joylashgan oʻrmonli vodiy)ni xoqonlik markaziga aylantiradi. Uning davrida Turk xoqonligi oʻzining ilgarigi qudratiga erishib, Oltoy, Janubiy Sibir va Moʻgʻulistonda istiqomat qiluvchi turkiy qabilalar bitta davlatga birlashtiriladi. Bu davrda Turk xoqonligining hududi shim.da Sayan togʻlaridagi vodiylarni, sharqda Kerulen va Oʻnon daryolari havzalarini, jan.da Xitoyning shim. viloyatlarini oʻz ichiga olgan yirik davlatga aylanadi.
 
da Sayan togʻlaridagi vodiylarni, sharqda Kerulen va Oʻnon daryolari havzalarini, jan.da Xitoyning shim. viloyatlarini oʻz ichiga olgan yirik davlatga aylanadi.
 
== Adabiyot ==