Epir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Epir''' — Shim. Gretsiyadagi qadimiy oʻlka. E. yunon qabilalarining eng qadimiy yurti, shu yerdan ular keyinchalik Bolqon ya.o. va Egey dengizi orollariga tarqalganlar degan fikrlar mavjud. qadimiyda E.da qardosh illiriy qabilalar: xaonlar, molosslar, fesprotlar va boshqalar yashagan. Bu qabilalar ehtimol E.ning qadimiy yunon aholisini siqib chiqarishgan. Mil.av. 6—5-asrlarda xaonlar E.da eng kuchli qabila hisoblangan. Keyinchalik ustunlik molosslarga oʻtgan, ularning shohlaridan biri — Pirr davrida (mil.av. 4-asr oxiri — 3-asr boshi) E.ning butun hududi yagona davlatga birlashgan (shundan keyin E. aholisi epirotlar deb atalgan). Mil.av. 168 yil E.ni rimliklar bosib olib, 70 dan ortiq shaharni vayron qilishgan va 150 mingga yaqin epirotlarni qul qilib haydab ketishgan. Avgust davrida (mil.av. 27—mil. 14 yil) E. hududi Rimning Axayya provinsiyasi tarkibiga kiritilgan. Imperator Trayan davrida E. Akarnaniya bilan birlashtirilib E. provinsiyasini tashkil qilgan, 3-asr oxirida Illiriyaning bir qismi bilan bitta provinsiyaga birlashtirilgan. Mil. 4-asrdan — Vizantiya tarkibida (13—14-asrlarda E. hududi Epir davlatiga kirgan), 15-asr oʻrtalaridan — Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻlgan. 1881 yil E.ning bir qismi (Arta r-ni) Gretsiyaga qoʻshib yuborilgan; 1912—13 yillardagi Bolqon urushlaridan soʻng E.ning butun hududi Gretsiya tarkibiga kirgan.
 
av. 4-asr oxiri — 3-asr boshi) E.ning butun hududi yagona davlatga birlashgan (shundan keyin E. aholisi epirotlar deb atalgan). Mil.av. 168 yil E.ni rimliklar bosib olib, 70 dan ortiq shaharni vayron qilishgan va 150 mingga yaqin epirotlarni qul qilib haydab ketishgan. Avgust davrida (mil.av. 27—mil. 14 yil) E. hududi Rimning Axayya provinsiyasi tarkibiga kiritilgan. Imperator Trayan davrida E. Akarnaniya bilan birlashtirilib E. provinsiyasini tashkil qilgan, 3-asr oxirida Illiriyaning bir qismi bilan bitta provinsiyaga birlashtirilgan. Mil. 4-asrdan — Vizantiya tarkibida (13—14-asrlarda E. hududi Epir davlatiga kirgan), 15-asr oʻrtalaridan — Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻlgan. 1881 yil E.ning bir qismi (Arta r-ni) Gretsiyaga qoʻshib yuborilgan; 1912—13 yillardagi Bolqon urushlaridan soʻng E.ning butun hududi Gretsiya tarkibiga kirgan.
 
{{stub}}