Epopeya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 5:
Uygʻonish davriga kelib, Yevropada ijtimoiy munosabatlarning keskin oʻzgarishi yangi davrning tabiati va ehtiyojlariga mos keladigan E. yaratilishini talab etdi. Natijada Dante, Rable, Servantes va boshqalar buyuk ijodkorlar tomonidan E.ning qadimiy koʻrinishlaridan ham shaklan, ham mazmunan farq qiladigan va yangi zamon talablariga javob bera oladigan yorqin namunalari yaratildi ("Ilohiy komediya", "Gargantyua" va Pantagryuel", "Don Kixot" va boshqalar). Forsiy va turkiy adabiyotlardagi "Xamsa" asarlari ham jamiyat oldida turgan oʻta dolzarb hayotiy muammolarning monumental yoʻsinda aks ettirilishi jihatidan E. talablariga javob bera oladi.
 
Yevropa adabiyotida maʼrifatchilik davrida realistik romanning shakllanishi E.ning yangi tipini vujudga keltiradi. Olamni realistik tarzda ifoda etgan E.lar yuzaga keldi (G.Fildingning "Topib olingan Tom Jons tarixi", Balzakning "Inson komediyasi", L. Tolstoyning "Urush va tinchlik", F.Dostoyevskiyning "Akauka Karamazovlar" singari romanE.lari). Mazkur romanE.larning asosiy xususiyati ularda xalklar taqsirining , muayyan tarixiy jarayonning , umumxalq, umumjahon ahamiyatiga molik muammolarning keng va atroflicha aks ettirilganligida koʻrinadi. 20-asr adabiyotida romanE.ning yaxshi namunalari yaratildi. Oʻzining janr mohiyatiga koʻra, E. xarakteridagi qator monumental asarlar yuzaga keldi (M.Sholoxovning "Tinch Don", A.Tolstoyning "Sarsonliksargardonlikda", U.Folknerning "Qoʻrgʻoncha" va boshqalar). Bu E.larda jamiyat tarixiy taraqqiyotining muayyan jarayonlari hamda oʻsha muhitga xos qahramonlar xarakterining shakllanish yoʻllari butun murakkabligi bilan teran aks ettirilgan.
 
lari). Mazkur romanE.larning asosiy xususiyati ularda xalklar taqsirining , muayyan tarixiy jarayonning , umumxalq, umumjahon ahamiyatiga molik muammolarning keng va atroflicha aks ettirilganligida koʻrinadi. 20-asr adabiyotida romanE.ning yaxshi namunalari yaratildi. Oʻzining janr mohiyatiga koʻra, E. xarakteridagi qator monumental asarlar yuzaga keldi (M.Sholoxovning "Tinch Don", A.Tolstoyning "Sarsonliksargardonlikda", U.Folknerning "Qoʻrgʻoncha" va boshqalar). Bu E.larda jamiyat tarixiy taraqqiyotining muayyan jarayonlari hamda oʻsha muhitga xos qahramonlar xarakterining shakllanish yoʻllari butun murakkabligi bilan teran aks ettirilgan.
 
Qozoqboy Yoʻldoshev, Islom Yoqubov.