Evenklar muxtor okrugi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 3:
Aholisi 17,7 ming kishi (2002), asosan, evenk, ket va ruslar, shuningdek, saxa, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 29,2%. 3 maʼmuriy tumanga boʻlingan. Markazi — Tura shaharchasi.
 
Tabiati. E.m.o. Oʻrta Sibir yassitogʻligining markaziy qismini egallaydi. Okrugning baland joyi — Putorana platosi (eng baland joyi — Kamen togʻi, 1701 m). Okrugda Tunguska toshkoʻmir havzasining koʻp qismi; Quyi Tunguska va Toshloq Tunguska atroflarida temir rudasi, rangli metallar, grafit, islandiya shpati, neft, gaz konlari bor. Iqlimi keskin kontinental. Qishi davomli, sovuq. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi Vanavarada — 26,9°, Turada — 36,8°. Iyulniki Turada 15,5°, Vanavarada 16,6°. Yillik yogʻin 300–500 mm. Vegetatsiya davri shim.da 60 kun, jan.da 115 kun. Toʻngib yotgan yer koʻp. Asosiy daryolari — Yeniseyning oʻng irmoqlari: Quyi va Toshloq Tunguska. Koʻl (shu jumladan, Yessey, Vivi, Agata) koʻp. Togʻoʻrmon podzollashgan tuproqlar tarqalgan. Hududining katta qismi tayga zonasida boʻlib, tilogʻoch, qoraqaragʻay, chekka shim.da siyrak oʻrmonlar va yoʻsinlishaynik kabi tundra oʻsimliklari oʻsadi. Sobol, tiyin, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, burunduq, ondatra, latcha, tulki, boʻri, oq tovushqon, shim. bugʻusi, los, karqur, qur, chil yashaydi. Mil.av. 2-ming yillikda evenklar hozirgi hududda oʻrnashganlar. Ularning asosiy mashgʻulotlari ovchilik, bugʻuchilik, baliq ovlash boʻlgan. 17-asrning 1-yarmida E.m.o. hududini Rossiya egalladi. Shundan keyin yasoq soligʻi joriy etildi, talonchilik siyosati oqibatida tub aholining asosiy qismi qirilib ketdi. 1930—32 yillarda geologlar topgan toshkoʻmir, islandiya shpati, qurilish materiallari va tuz kabi foydali qazilma konlari asosida sanoat ishlab chiqarish vujudga keddi. E.m.o. hududida Putorana, Tungus, markaziy Sibir qoʻriqxonalari bor.
 
da siyrak oʻrmonlar va yoʻsinlishaynik kabi tundra oʻsimliklari oʻsadi. Sobol, tiyin, qoʻngʻir ayiq, rosomaxa, burunduq, ondatra, latcha, tulki, boʻri, oq tovushqon, shim. bugʻusi, los, karqur, qur, chil yashaydi. Mil.av. 2-ming yillikda evenklar hozirgi hududda oʻrnashganlar. Ularning asosiy mashgʻulotlari ovchilik, bugʻuchilik, baliq ovlash boʻlgan. 17-asrning 1-yarmida E.m.o. hududini Rossiya egalladi. Shundan keyin yasoq soligʻi joriy etildi, talonchilik siyosati oqibatida tub aholining asosiy qismi qirilib ketdi. 1930—32 yillarda geologlar topgan toshkoʻmir, islandiya shpati, qurilish materiallari va tuz kabi foydali qazilma konlari asosida sanoat ishlab chiqarish vujudga keddi. E.m.o. hududida Putorana, Tungus, markaziy Sibir qoʻriqxonalari bor.
 
E.m.o.da oziq-ovqat, oʻrmon, yogʻochsozlik, sellyuloza-qogʻoz, elektroenergetika, yoqilgʻi, poligrafiya, mashinasozlik va metallsozlik, konchilik sanoatlari rivojlangan. Okrugning asosiy xoʻjalik tarmoklari — moʻynachilik va bugʻuchilik. E.m.o. Krasnoyarsk oʻlkasida tayyorlanadigan moʻynaning 13% ni (sobol, kumushrangqora tulki, oq suvsar, tiyin, ondatra) beradi. Moʻyna tayyorlashning 55% ni ov mahsulotlari, 45% ni darrandachilik tashkil qiladi. Darrandachilik fermalarida qora toʻlki va koʻk tulki boqiladi. Krasnoyarsk oʻlkasidagi bugʻuyushg U3qismiga yaqini E.m.o. hissasiga toʻgʻri keladi. Konchilik r-nlarida bugʻu yaylovlari degradatsiyaga uchragan. Tabiiy sharoiti aholi yashashi uchun ancha noqulay. Sut chorvachiligi va dehqonchilik (kartoshka, sabzavot), baliq ovlash rivojlangan.