Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Falsafa''', filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Mil. 2—3-a.larda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
'''Falsafa''', filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Mil. 2—3-a.
 
larda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
 
F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.
187 758

ta tahrir