Fargʻona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 60:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Fargʻona''' (1907 y.gacha — Yangi Margʻilon; 1907 — 1924 y.larda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Mayd. 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik t-ra 13°. Yanv.ning oʻrtacha trasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past t-ra 27°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 192&nbsp;mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
 
ning oʻrtacha trasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past t-ra 27°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 192&nbsp;mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
 
F. soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "F." soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar.
 
1876 y. Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10&nbsp;km jan.da joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877 y. iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904 y.da yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880 y.da bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.
1876 y. Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10&nbsp;km jan.
 
da joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877 y. iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904 y.da yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880 y.da bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.
 
Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898 y. Samarqand—Andijon t.y. oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891 y.da shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik z-di faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash z-di faqatgina t.y. oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899 y.da Yangi Margʻilon sh. aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.