Finlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km², m3 → m³ using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 32:
Adabiyoti. Fin yozuvi 1521 y. F.da boshlangan Reformatsiya harakati taʼsirida vujudga keldi. Reformatsiya namoyandasi M. Agrikola 16-a. oʻrtalarida bosma kitoblar nashr eta boshladi va 3 asr davomida aksar diniy kitoblar bosildi. 19-a. adabiyoti fin xalqining shvedlar zulmidan ozod boʻlib, millat sifatida shakllanishi, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qilish bilan bogʻliq ravishda rivojlandi. 1830 y. Helsinkida "Shanbalik suhbati" adabiyfalsafiy toʻgaragi vujudga keldi. Tugarak aʼzolari bir yil oʻtib "Fin adabiyoti jamiyati"ni tuzdilar (hozir xam mavjud). Folklorshunos E.Lyonrot (1802—84) xalq eposi "Kalevala"ni nashr ettirdi. Shoir Y.L.Runeberg , faylasuf, publitsist va tanqidchi Y.V.Snelman adabiyot rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Yangi fin adabiyotining asoschisi, ilk milliy drama va romanlar muallifi A. Kivi adabiyotda yangi realistik anʼanalarni boshlab berdi. S.Topelius tarixiy romanlar, Yu.Veksell sheʼr va pyesalar, K.R.Kramsu ijtimoiy mavzuda sheʼrlar yezdi. Minna Kant, Yu.Axo, A.Yarnefelt, K.A.Leyno va b. yozuvchilar xalq hayoti va, ayniqsa, ayollarning ayanchli taqdirini haqqoniy tasvirlab berdilar. 20-a. boshlarida turli adabiy oqimlar yuzaga keldi. A.E. Leyno, L.Onerva, V.Kilpi yangi realizm yoʻlidan bordi, M.Lassila hajviy qissa va komediyalar yaratdi, I.Kianto, M.Yotuni, Y.Lextonen umidsizlik kafiyatiga berildi. 2-jahon urushidan keyin A.Eykiy, M.Larni, V.Linna, P.Rintal, V. Meri romanlarida ijtimoy muammolar asosiy oʻrinda turdi. Hella Vuoliyokining haqqoniy pyesalari fin dramaturgiyasining muhim yutugʻi boʻldi. 1897 y.dan F. yozuvchilar uyushmasi mavjud. Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. anʼanalarga boy. Neolit davriga mansub qoyatosh rasmlari, tosh pichoq, suyakdan yasalgan asboblar, sopol idishlar saklangan. Mil. 13—15a.lardatoshdan saroy va arklar qurilgan (Savonlinna yaqinidagi Olavinlinna qalʼasi, Turkudagi qasrlar va b.). 14—16-a.larda toshdan, 17—18-a.larda xalq meʼmorligi uslubida yogʻochdan cherkovlar barpo etilgan (Tornio va Keurudagi cherkovlar). 19-a. oʻrtalarida meʼmorlikda milliy romantizm oqimi hukmron boʻldi (Xelsinkidagi vokzal binosi, meʼmor E.Saarinen), 19 a. oxiri — 20-a. boshlarida "modern" uslubi rayem boʻldi. 2-jahon urushidan keyin binolar zamonaviy qurilish konstruksiyalaridan foydalanib tiklana boshladi, ayniqsa, jamoat binolari zoʻr mahorat bilan barpo etildi. A.Aalto, R.Piyetilya, A.Ervi kabi meʼmorlar sodda meʼmoriy shakllar asosida jozibador kompozitsiyalar yaratdilar (Seynyatsalo sh.ning maʼmuriy markazi, Xelsinkidagi ishchilar madaniyat uyi, "Finlandiya" saroyi, "Prezident" mehmonxonasi b.).
 
14—15-a.lardagi oʻrta asrlar mahobatli rangtasvirida xalq naqqoshligi rivojlangan (Xattula, Tayvassiladagi cherkov devorlariga ishlangan rasmlar). 18-a.da M.Toppelius mahobatli rangtasvir sohasida shuhrat qozondi. Shu davrda F.da dunyoviy dastgoh rassomligi janrlari ommalashdi (I.Vaklin portretlari, N.Shilmark manzara va natyurmortlari). 19—20-a.larda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-a. oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan.
 
Musiqasi xalq musiqiy anʼanalari asosida rivojlanib keldi. Xalq qoʻshiqlari (run, yoyku va b.) hozirgacha milliy musiqa folklorida ijro etiladi. Mehnat, marosim, hazil, sevgi qoʻshiqlari, raqs bilan birga ijro etiladigan laparlar keng yoyilgan. Cholgʻu asboblari: kantele (torlichertma), yo Uxikko (torlika monli), tuoxitorvi (puflama); 19-a.dan klarnet va skripka, 20-a.dan garmon ommalashdi. Professional musiqa sanʼati oʻrta asrlarda shakllana boshladi (grigorian, 16-a.dan protestant xoralch).
larda fin tasviriy sanʼat maktabi shakllandi, xalq hunarmandchiligi, yogʻoch oʻymakorligi, oʻrta asr mahobatli rangtasvir anʼanalari qayta tiklandi. 20-a. oʻrtalarida V. Aaltonen haykaltaroshlikda shuhrat qozondi. Zamonaviy rassomlardan M.Kollin, A.Kanerva, V.Vionoyya, S. Gryonvall; grafiklardan V.Askola, I.Kolliander, T.Tapiovara; haykaltaroshlardan A.Tukiaynen, R.Utriaynen, L.Pullinen, E.Xiltunen; plakat va dizayn ustalaridan I.Tapiovara, M.Kuyasalolar mashhur. Xalq sanʼatida mato va gilam toʻqish, metall idishlar yasash rivoj topgan.
 
Musiqasi xalq musiqiy anʼanalari asosida rivojlanib keldi. Xalq qoʻshiqlari (run, yoyku va b.) hozirgacha milliy musiqa folklorida ijro etiladi. Mehnat, marosim, hazil, sevgi qoʻshiqlari, raqs bilan birga ijro etiladigan laparlar keng yoyilgan. Cholgʻu asboblari: kantele (torlichertma), yo Uxikko (torlika monli), tuoxitorvi (puflama); 19-a.dan klarnet va skripka, 20-a.
 
dan garmon ommalashdi. Professional musiqa sanʼati oʻrta asrlarda shakllana boshladi (grigorian, 16-a.dan protestant xoralch).
 
Birinchi fin operasi ("Qirol Karl ovga chiqdi", 1852) va milliy madhiya muallifi — F. Pasius, birinchi simfoniya (1847) muallifi — A.G.Ingelius. Fin musiqasida F.Shans birinchi marta "Kalevala"dagi milliy ohanglardan foydalanib, "Kullervo" simfonik uvertyurasini yaratdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida M.Vegelius (1882 y. Xelsinkida Musiqa intini tashkil etgan; 1939 y.dan Ya.Sibelius nomidagi Musiqa akademiyasi) va R.Kayanus (professional simfonik orkestr tuzgan) milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridir. Ya. Sibelius ijodida milliy musiqa anʼanalari kamol topdi. Zamonaviy kompozitorlar orasida E.Englund, E.Bergman, Y.Kokkonen, E.Rautavara, dirijyorlar orasida G.Shnefoxt, A.Yarnefelt, L.Segerstam, pianinochilar orasida K.Ekman, A.Valeta, yakkaxonlar orasida I.Ekman, A.Rautavara va b. mashxur. Xelsinkida opera teatri (1911; 1956 y.dan F. Milliy teatri), shahar simfonik va kamer orkestrlari, F. radiosining simfonik orkestri, Xalq konservatoriyasi, F. musikachilar uyushmasi va b. ishlaydi. F.da bir nechta Xalqaro musiqa festivali va tanlovlari muntazam ravishda oʻtkaziladi.