Muhammad Fuzuliy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 7:
Fuzuliy ijodining choʻqqisi "Layli va Majnun" dostoni (1536—37)dir. Asar lirikepik xarakterda boʻlib, Sharqda mashhur boʻlgan anʼanaviy syujet va obrazlar asosida yaratilgan va turkiyzabon xalkdar oʻrtasida keng tarqalgan. Saʼdiyning "Guliston" va "Boʻston", Hofizning "Devon", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Chor devon" kitoblari qatorida, Fuzuliy asarlari ham madrasalarning oʻquv dasturiga kiritilgan. Fuzuliyning "Matlaʼ uleʼtiqod" falsafiy risolasi, "Hadiqat ussuado", ("Baxtiyorlar bogʻi"), "Suhbat ulasmor" ("Mevalar munozarasi"), "Shikoyatnoma", "Bangu boda" ("Bang va boda"), "Anisulqalb", ("Qalb doʻsti") "Yetti jom" yoki "Soqiynoma", "Rindu Zohid", "Sihhat va Maraz" ("Sogʻlik va bemorlik") kabi nazmiynasriy, falsafiydidaktik asarlari ozarbayjon adabiyotining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Badiiy yuksak asarlari bilan ozarbayjon adabiyotini yangi bosqichga koʻtargan F. sheʼrlarining asosiy mavzusi ham, harakatlantiruvchi kuchi ham, bu sheʼrlarni ichdan nurlantirib turgan quvvat manbai ham ishq. Mutasavvif shoir sifatida ilohiy muhabbatni ulugʻlagan, dunyoga berilishni qoralagan. Insonni kamolotga olib boradigan fazilatlarni tarannum etib, uni tubanlashtiradigan illatlarni tanqid qilgan.
 
Fuzuliy oʻzidan keyingi barcha turkiyzabon shoirlar, jumladan, oʻzbek shoirlariga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Fuzuliy taʼsirida, unga ergashib sheʼrlar bitish, shoir gʻazallariga naziratatabbuʼlar yozish, muxammaslar bogʻlash deyarli barcha shoirlar ijodida uchraydi. F.ning ozarbayjoncha devoni oʻzbek xalqi orasida 18— 19-a.lardayoq keng tarqalgan va bir necha bor oʻzbek tilida nashr qilingan. Gʻazal, murabbaʼ va muxammaslari kuyga solinib, asrlar davomida xonandalar tomonidan kuylanib kelmokda ("Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor oʻlandan soʻr..." va b.). Atoqli ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 y. "Layli va Majnun" dostoni asosida birinchi ozarbayjon operasini yaratgan. 1958— 61 y.larda Hamid Arasli tahririda F. asarlarining toʻla ilmiytanqidiy nashri yaratildi. Devonining 1581 y. koʻchirilgan nusxalaridan biri Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanadi.
 
lardayoq keng tarqalgan va bir necha bor oʻzbek tilida nashr qilingan. Gʻazal, murabbaʼ va muxammaslari kuyga solinib, asrlar davomida xonandalar tomonidan kuylanib kelmokda ("Shifoyi vasl qadrin hajr ila bemor oʻlandan soʻr..." va b.). Atoqli ozarbayjon bastakori Uzayr Hojibekov 1908 y. "Layli va Majnun" dostoni asosida birinchi ozarbayjon operasini yaratgan. 1958— 61 y.larda Hamid Arasli tahririda F. asarlarining toʻla ilmiytanqidiy nashri yaratildi. Devonining 1581 y. koʻchirilgan nusxalaridan biri Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanadi.
 
== Manbalar ==