Geomorfologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 15:
G. maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish G.si), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va t. y., dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik G.si), maydondan xoʻjalikda va q. x.da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chikishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos boʻlib xizmat qiladi.
 
G. mustaqil fan sifatida 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida shakllandi. Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib G.ning nazariy, metodologik va amaliy asoslarini U. M.Deyvis (Amerika G. maktabining yetakchisi) bilan V. Penk (Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. Natijada G. Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam oʻrin oldi. Rossiyada G.ga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini geomorfologik oʻrganishda va G.ning nazariy konsepsiyalarini ishlab chiqishda 20-a.ning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, toʻng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning haritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. G.ning rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar.
 
ning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi maʼlumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, karst, muzlik, toʻng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y.larda regional geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik haritalarni tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning haritagrafik metodi, aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental tadqiqot metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. G.ning rivojlanishiga oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar.
 
Xalqaro miqyosda G. ishlarini koordinatsiyalash Xalqaro geografiya ittifoqining komissiya va yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi (amaliy G., geomorfologik haritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). Oʻzbekistonda geomorfologlarning ishlari va G. masalalari Oʻzbekistan FA Seysmologiya instituti qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi va Geografiya jamiyatining sʼyezdlarida muhokama qilinadi.