Gʻayratiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
'''Gʻayratiy''' (taxallusi; asl nomi Abdurahim Abdullayev) (1902.15.2 — Toshkent — 1976.17.1) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1972). Dastlab "Namuna" maktabi (1917—18) va oʻqituvchilar tayyorlash 2 yillik kursida (1918—19) oʻqigan. Toshkentdagi toʻliqsiz oʻrta maktabda oʻqituvchilik qilgach (1919— 23), Bokuga borib, oʻqituvchilar seminariyasida tahsil olgan (1926). Toshkent q.x. mashinasozligi zavodida ishchi va adabiyot toʻgaragi rahbari (1928—31), Oʻzbekiston davlat nashriyo-tida muharrir (1931 — 35), Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida adabiy emakdosh (1942), maktab oʻquvchilari saroyida adabiyot toʻgaragi rahbari (1946—76).
 
Ilk sheʼrlar toʻplami — "Er tovu-shi" (1927). Shundan soʻng Gʻ.ning "Yashash taronalari" (1928), "Temp" (1931), "Olov tanlar" (1932), "Tanlangan asarlar" (1934), "Sevgi" (1939), "Oltin yoshlik" (1940), "Asr sadosi" (1972) kabi sheʼrlar va "Qutulish" (1928), "Hashar" (1929), "Qora yuraklar" (1931), "Hikoyalar" (1957) kabi hikoyalar toʻplamlari, "Oqin hukmi" (1931), "Uzoqdagi yor" (1967), "Baxmal qirgʻoq" (1971) qissalari nashr etilgan. Gʻ. 30-y.lar adabiy jarayonida faol ishtirok etib, shu davr gʻoyalari ifo-dalangan sheʼrlari, ayniqsa, uygʻur xalqining musibatli oʻtmishiga bagʻishlangan "Onamga xat" (1935) va "Jinasta" (1937) dostonlari bilan mashhur boʻlgan. Gʻ.ning 2-jahon urushi yillarida millatchilikda ayblanib, Yozuvchilar uyushmasidan chiqarilishi uning keyingi ijodiy taqdiriga salbiy taʼsir koʻrsatgan. U oʻzini gʻoyaviy jihatdan oqlash maqsadida Hamza, Furqat va Zavqiyga bagʻishlangan "Oʻlmas qoʻshiq", "Shoir" (1955), "Gʻurbatda Furqat" (1959), "Bizning Ham-za" (1966) kabi dostonlar hamda ate-istik mavzuda hikoyalar yozgan. Gʻ. bolalarga bagʻishlab "Yoʻqolgan bola" (1935), "Oʻrmon mushugi", "Tosh-soqa kanali" (1940) dostonlarini, "Mening yoshligim" (1935), "Unutil-mas kunlar" (1957), "Rustamning sar-guzashti" (1961) qissalarini yozgan. Shuningdek, Gʻ.ning bolalar hayotidan olingan "Omon", "Tinchlik oʻrmoni", "Uchrashuv", "Oʻrmonda", "Qanotli doʻstlar", "Ali kichkina", "Tugmacha-gul" kabi pyesa va inssenirovkalari mavjud. Ularning aksari respublika qoʻgʻirchoq teatrlarida sahnalashtirilgan.
 
lar adabiy jarayonida faol ishtirok etib, shu davr gʻoyalari ifo-dalangan sheʼrlari, ayniqsa, uygʻur xalqining musibatli oʻtmishiga bagʻishlangan "Onamga xat" (1935) va "Jinasta" (1937) dostonlari bilan mashhur boʻlgan. Gʻ.ning 2-jahon urushi yillarida millatchilikda ayblanib, Yozuvchilar uyushmasidan chiqarilishi uning keyingi ijodiy taqdiriga salbiy taʼsir koʻrsatgan. U oʻzini gʻoyaviy jihatdan oqlash maqsadida Hamza, Furqat va Zavqiyga bagʻishlangan "Oʻlmas qoʻshiq", "Shoir" (1955), "Gʻurbatda Furqat" (1959), "Bizning Ham-za" (1966) kabi dostonlar hamda ate-istik mavzuda hikoyalar yozgan. Gʻ. bolalarga bagʻishlab "Yoʻqolgan bola" (1935), "Oʻrmon mushugi", "Tosh-soqa kanali" (1940) dostonlarini, "Mening yoshligim" (1935), "Unutil-mas kunlar" (1957), "Rustamning sar-guzashti" (1961) qissalarini yozgan. Shuningdek, Gʻ.ning bolalar hayotidan olingan "Omon", "Tinchlik oʻrmoni", "Uchrashuv", "Oʻrmonda", "Qanotli doʻstlar", "Ali kichkina", "Tugmacha-gul" kabi pyesa va inssenirovkalari mavjud. Ularning aksari respublika qoʻgʻirchoq teatrlarida sahnalashtirilgan.
 
Gʻ. respublika oʻquvchilar saroyidagi adabiyot toʻgaragiga rahbarlik qilgan. Bu toʻgarakdagi shogirdlari orasidan keyinchalik E.Vohidov, X.Sa-loh, Yu.Shomansur, Sayyor, A.Eshonov singari shoir va yozuvchilar yetishib chiqqan.