Gʻaznaviylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 3:
Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining noibi va qoʻshin amiri qilib tayinlangach (977), u bu mulklarni mustaqil boshqarishga kirishgan. 994— 995 y.larda Xurosonda boʻlib oʻtgan 2 jangda somoniylar amiri Nuh ibn Mansur va noib Sabuktegin boshchiligidagi birlashgan qoʻshin isyon koʻtargan turk sarkardalari Abu Achi Simjuriy (Abulhasan Simjuriynint oʻgʻli) va Foyiq qoʻshinlarini tor-mor keltirish jarayonida Sabukteginning siyosiy nufuzi yanada ortadi.
 
Gʻ.d ning eng kuchaygan davri amir Sabuktegin, ayniqsa, sulton Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi yillariga toʻgʻri keladi. 11-a. boshlariga kelganda Musulmon Sharqining eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan Gʻ.d.ning chegaralari gʻarbda Ray va Isfahon sh.lari, Kaspiy dengizi hamda shim.-gʻarbda Xorazm va Orol dengizigacha choʻzilgan, sharqda esa Shim. Hindistonning kattagina qis-mini oʻz ichiga olgan va jan.da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davla-tini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Jan. Toxa-riston (hoz. Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hoz. Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan koraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024— 25 y.larda Mahmud Gʻaznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronli-gidan chiqib, gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻ.d. Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030—41) Gʻ.d. oʻz qoʻl ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.
 
da Balu-jistongacha yetgan edi. Mahmud Gʻaznaviy somoniylar sulolasi barham topgach, ularning Xurosondagi butun hududini, keyinchalik Xorazm davla-tini (1017) ham oʻz saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Biroq Jan. Toxa-riston (hoz. Shim. Afgʻoniston)dan tashqari Shim. Toxariston (hoz. Surxondaryo viloyati va Jan. Tojikiston) hududini ham egallash uchun gʻaznaviylar kurash boshlaganlarida qoraxoniylar bilan ularning manfaatlari oʻzaro toʻqnashdi. Keskin kurashlar natijasida Chagʻoniyon va Termiz gʻaznaviylarga boʻysundirilgan. Gʻaznaviylar bilan koraxoniylar davlati oʻrtasidagi chegara Amudaryo deb eʼtirof qilingan. 1024— 25 y.larda Mahmud Gʻaznaviy Termiz yaqinida Amudaryoni kechib oʻtib, temir darvoza (Temir qopqa) orqali Sugʻdga hujum qilgan va Samarqandgacha borgan. Bu harbiy yurishlar natijasida Omul (Chorjuy)gacha boʻlgan viloyatlar qoraxoniylar hukmronli-gidan chiqib, gʻaznaviylar taʼsiriga oʻtgan. Bu davrda Gʻ.d. Sharqdagi yirik musulmon davlatiga aylangan edi. Biroq, Mahmud Gʻaznaviyning oʻgʻli va valiahdi Masʼud Gʻaznaviy hukmronligi davrida (1030—41) Gʻ.d. oʻz qoʻl ostidagi hududlarni birin-ketin qoʻldan chiqarib, asta-sekin tanazzulga yuz tuta boshladi.
 
11-a. oʻrtalaridan boshlab gʻaznaviylarning asosiy raqibi saljukiylar boʻldi.