Iskandariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 3:
'''Iskandariya''', Aleksandriya — MAP shim.dagi shahar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996).
 
Mil. av. 332—331 y.larda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 y.lar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-a.da I. eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) boʻlib, unda taxm. 1 mln. aholi yashagan. I.da dunyoda eng boy ku-tubxona boʻlgan [q. Aleksandriya (Iskan-dariya) kutubxonasi]. 7-a.da I.ni arablar egallagan. Qohira sh. qurilgach (961 y.), I.ning mavqei pasaydi. 1517 y. I. usmonli turklar tasarrufiga oʻtdi. Muhammad Ali davrida (19-a. boshlari) I.da katta qurilishlar amalga oshirildi; kemasozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856 y. I. bilan Qohira oʻrtasida t. i. oʻtkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), I.da chet el banklari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kemalari turadigan joy sifatida foydalanildi. Shahar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-a.ning 20—50-y.lari) asosiy markazlaridan biri boʻlgan.
 
lari) asosiy markazlaridan biri boʻlgan.
 
I. iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-oʻrinda. Yirik transport va savdo markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil bilan bogʻlangan. Suvaysh sh.dan I.ga Qohira va Tanta orqali neft quvuri oʻtkazilgan. I. porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80% oʻtadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.