Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 18:
17-a. 50-y.larida Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi JARda Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va fransuz kelgindilari — burlar (keyinchalik oʻzlarini afrikanerlar deb atashgan) mahalliy aholini boʻsh yerlarga siqib chiqarib, quldorlik xoʻjaliklarini tuzdi. Bu xoʻjaliklarda mahalliy aholi va Gʻarbiy Afrika, Madagaskar, Osiyoning turli davlatlaridan keltirilgan qullar mehnat qildi. JAR mahalliy aholisining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi 17-a.dayoq boshlanib, 1870—80 y.larda kuchaydi. 1838, 1879 va 1906 y.lardagi zulu xalqining urushi va qoʻzgʻolonlari, basutolarning 1880 y.gacha davom etgan qurolli harakatlari Afrika xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashida eng muhim tarixiy voqealardan hisoblanadi. 18-a. oxiri va 19-a. boshlarida Buyuk Britaniya Kap manzilgohini bosib oldi. Ingliz xukumatining zulmi burlarni Kap manzilgohidan shim.ga — kosa, zulu, basuto, botsvan va b. bantu xalqlari yerlariga kirib borishga majbur qildi. 19-a. 50-y.larida bur respublikalari — Jan. Afrika Respublikasi (Transvaal) va Ozod Oranj davlati tuzildi.
 
19-a. 60-y.lari oxiri va 80-y.lari oʻrtalarida Jan. Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902 y.lardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qoʻl ostiga oʻtdi. 1910 y.da esa Britaniya imperiyasining dominioni boʻlgan Jan. Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.
19-a. 60-y.lari oxiri va 80-y.
 
lari oʻrtalarida Jan. Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902 y.lardagi inglizburlar urushidan keyin bur respublikalari Angliya qoʻl ostiga oʻtdi. 1910 y.da esa Britaniya imperiyasining dominioni boʻlgan Jan. Afrika Ittifoqi (JAI) tuzildi.
 
Jan. Afrikada olmos va oltin konlarining ochilishi bilan jamiyatning ijtimoiy tarkibi keskin oʻzgardi: ishchilar va sotsialistik harakatlar paydo boʻldi. 19-a.ning 40—50-y.larida kasaba uyushmalarining birinchi tashkilotlari tuzildi. 80-y.larga kelib, ular yevropalik ishchilarning yirik kasaba uyushmalariga aylandi.
Qator 54 ⟶ 52:
Matbuoti, radio eshittirishi va telekoʻrsatuvi. JARda 20 dan koʻproq umummilliy (hammasi boʻlib 220 dan ziyod) gaz. va 700 ga yaqin jur. nashr etiladi. Eng yirik gaz.lari: "Sandi tayme" ("Yakshanba vaqti", 1906 y.dan), "Rapport" (1970 y.dan), "Souetan" ("Souetoliklar", 1981 y.dan), "Star" ("Yulduz", 1887 y.dan). Jan. Afrika radioeshittirish korporatsiyasi 1936 y.da tashkil etilgan. Telekoʻrsatuvlar 1976 y.dan olib boriladi. Jan. Afrika matbuot uyushmasi (Saut Afriken Press Assoshieyshn — SAPA) aksiyadorlik axborot agentligi 1938 y. tashkil etilgan.
 
Adabiyoti bantu xalqlari (zulu, soto, kosa, tsvana), shuningdek, ingliz va afrikaans tillarida rivojlanmoqda. Folklori ilk mustamlakachilik davrida vujudga kelgan qahramonlik dostonlarini, afsonalarni, zulu afsona ertaklarini, jonivorlar haqidagi bushmen va gottentot rivoyatlarini, hikmatli maqollar va matallarini oʻz ichiga oladi. Afrikaliklarning yozma adabiyoti 19-a.ning 2-yarmida mahalliy tillarda lotin grafikasi asosidagi alifbo joriy etilishi bilan boshlandi.
 
ning 2-yarmida mahalliy tillarda lotin grafikasi asosidagi alifbo joriy etilishi bilan boshlandi.
 
Xristian daʼvatkorlari nazoratidagi afrikalik adiblar yevropacha janr shakllaridan foydalanib, azaliy mahalliy anʼana va qadriyatlarning yevropacha qadriyatlar bilan toʻqnashuvini tasvirlashga hamda ularni bir-biri bilan murosaga keltirishga urindilar. 19-a. oxirida mustamlakachilikka, irqchilikka qarshi norozilik adabiyoti vujudga keldi.
Qator 64 ⟶ 60:
2-jahon urushidan keyin "norozilik adabiyoti" tez surʼatlar bilan rivojlandi. A. Peytonning "Yigʻla, sevimli yurtim", "Loyxoʻrak, juda kechikding", N. Gordimerning "Kelgindilar yeri", "Matbuot uchun emas" va b. asarlari irqchilik va irqiy xurofotni qoralash ruhida yozilgan. I. Abrahamsning "Konchi", J. Koupning "Ajoyib uy", J. Gordonning "Bu kunga laʼnat" va E. Mpaxlelening "Ikkinchi koʻcha boʻylab" romanlari, shuningdek, G. Blumning "Transvaaldagi voqea", F. Altmanning "Quzgʻunlar qonuni" romanlari va b. asarlarda ishchilarning birdamligi, zulularning talonchilarga qarshi qahramonona kurashi va b. voqealar aks ettirilgan, irkchylik fosh etilgan. JAR adabiyotining eng yaxshi namunalari (J. Koupning "Darz ketgan osmon" hikoyalar toʻplami va b.) oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Mil. av. 7-ming yillikka va mil.ning oxirgi acrlariga mansub qoyatoshlarga yoʻnib va uyib ishlangan rasmlar (fil, karkidon, begemot, jirafa, zebra, kiyik va b.) saqlangan. Afrikaliklarning turar joylari asosan taxta, tunuka va b.lardan qurilgan kulba-chaylalardan iborat. Pretoriya, Keyptaun, Yoxannesburg kabi yirik shaharlarda 17—18-a.larda qurilgan golland meʼmorligiga xos binolar bor. 1666—72 y.larda tarhi 5 burchakli tosh qoʻrgʻon qurilgan (meʼmori P. Dombayer). 18-a. oxirlarida meʼmor L. M. Tibo Kap manzilgohi meʼmorligiga fransuz klassitsizmi uslubini olib kirdi. 19-a.dan Port-Elizabet, Durban, Blumfonteyn, Pretoriya, Yoxannesburg va b.shaharlardagi koʻplab imoratlar toʻgʻri chiziqli rejaga binoan va qorishiq uslubda qurildi. Keyptaunda yangi gotika, Yoxannesburgda yangi klassika uslublari ustunlik qilgan boʻlsa, Pretoriyada "Kap meʼmorligi anʼanalari"ga rioya qilindi. Shaharlarning chekkalarida afrikaliklar yashaydigan pastqam kulbalar paydo boʻldi. JAR meʼmorligiga 20-a.ning 20-y.larida R. Martinsen, U. Makintosh kabi meʼmorlar yangilik kiritishdi, hashamatli jamoat binolarining loyihalarini tuza boshlashdi. 30-y.larda Yevropa va Amerika mashhur meʼmorlari (Le Korbyuzye, L. Kan, O. Nimeyer va b.) samarali taʼsir oʻtkazdilar. 60—70-y.lar Pretoriya markazi qayta qurildi, Yoxannesburgda mahobatli teatr (meʼmor D. Ross) va 50 qavatli Karlton markaz (meʼmorlar Rods-Harrison, Mellous, Xoffe) va b. inshoatlar barpo etildi. Jamoat va maʼmuriy binolar yuksak badiiy did, murakkab meʼmoriy yechimlar bilan qurilganligi, ularda haykaltaroshlik, rassomlik, mozaika unsurlaridan foydalanilganligi koʻzga tashlanadi. Shahar tashqarisidagi bogʻlarda badavlat oilalar uchun shinam koshonalar barpo etildi. Zulu, kosa, ndebele, basuto kabi mahalliy aholi vakillari hamon loy, boʻyra va xashakdan qurilib, turli naqshlar bilan bezatilgan kulbalarda yashashni afzal koʻradilar. Shaharlardagi zamonaviy meʼmorlikda temirbeton, oyna va plastmassadan keng foydalaniladi. Poytaxtda rasmiy muassasalar, bank, doʻkon, mehmonxonalar, ularning atrofida turar joylar qurilgan. JAR milliy badiiy sanʼat maktabi 17-a. oʻrtalarida uzoq vaqtdan beri shu yerda istiqomat qiluvchi yevropaliklar sanʼati taʼsirida vujudga keldi. Jan. Afrikaning birinchi haykaltaroshi A. Anreytning nemis barokko va rokoko uslubidagi asarlari Keyptaun va b. baʼzi shaharlar yirik meʼmoriy yodgorliklarini bezagan. 19-a. oʻrtalaridagi yevropalik rassomlardan T. U. Bouler va D. U. Angas afrikaliklar qiyofasini mehr bilan tasvirlagan. Afrikalik rassomlardan J. Sekotoning qitʼa tabiati va hayotini tasvirlovchi asarlari birinchi boʻlib yevropaliklar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Yogʻoch uymakori J. Kekan, rassom S. Mvusi, haykaltarosh S. Kumalo, tosh oʻymakori J. Kubxek va b. koʻpgina jamoat binolarini barpo etishda oʻz sanʼati bilan hissa qoʻshdilar. Mamlakat amaliy sanʼatida metallsozlik (temir bolta, pichoq, mis bilaguzuk, munchoq), kulollik, oʻymakorlik, koʻnchilik, toʻqimachilik, yogʻoch buyumlar ishlash kadimdan rivojlangan. 20-a. oʻrtalarida Keyptaunda Jan. Afrika rassomlari uyushmasi tuzildi. I. Stern (rassom ayol), grafik va yogʻoch oʻymakori L. Lipshits, manzarachi rassomlardan S. Sedibane, S. Zondi, M. Zvane va b.larning Jan. Afrika voqeligi va manzaralarini aks ettiruvchi asarlari mashhur.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Mil. av. 7-ming yillikka va mil.ning oxirgi acrlariga mansub qoyatoshlarga yoʻnib va uyib ishlangan rasmlar (fil, karkidon, begemot, jirafa, zebra, kiyik va b.) saqlangan. Afrikaliklarning turar joylari asosan taxta, tunuka va b.lardan qurilgan kulba-chaylalardan iborat. Pretoriya, Keyptaun, Yoxannesburg kabi yirik shaharlarda 17—18-a.
 
larda qurilgan golland meʼmorligiga xos binolar bor. 1666—72 y.larda tarhi 5 burchakli tosh qoʻrgʻon qurilgan (meʼmori P. Dombayer). 18-a. oxirlarida meʼmor L. M. Tibo Kap manzilgohi meʼmorligiga fransuz klassitsizmi uslubini olib kirdi. 19-a.dan Port-Elizabet, Durban, Blumfonteyn, Pretoriya, Yoxannesburg va b.
 
shaharlardagi koʻplab imoratlar toʻgʻri chiziqli rejaga binoan va qorishiq uslubda qurildi. Keyptaunda yangi gotika, Yoxannesburgda yangi klassika uslublari ustunlik qilgan boʻlsa, Pretoriyada "Kap meʼmorligi anʼanalari"ga rioya qilindi. Shaharlarning chekkalarida afrikaliklar yashaydigan pastqam kulbalar paydo boʻldi. JAR meʼmorligiga 20-a.ning 20-y.larida R. Martinsen, U. Makintosh kabi meʼmorlar yangilik kiritishdi, hashamatli jamoat binolarining loyihalarini tuza boshlashdi. 30-y.larda Yevropa va Amerika mashhur meʼmorlari (Le Korbyuzye, L. Kan, O. Nimeyer va b.) samarali taʼsir oʻtkazdilar. 60—70-y.lar Pretoriya markazi qayta qurildi, Yoxannesburgda mahobatli teatr (meʼmor D. Ross) va 50 qavatli Karlton markaz (meʼmorlar Rods-Harrison, Mellous, Xoffe) va b. inshoatlar barpo etildi. Jamoat va maʼmuriy binolar yuksak badiiy did, murakkab meʼmoriy yechimlar bilan qurilganligi, ularda haykaltaroshlik, rassomlik, mozaika unsurlaridan foydalanilganligi koʻzga tashlanadi. Shahar tashqarisidagi bogʻlarda badavlat oilalar uchun shinam koshonalar barpo etildi. Zulu, kosa, ndebele, basuto kabi mahalliy aholi vakillari hamon loy, boʻyra va xashakdan qurilib, turli naqshlar bilan bezatilgan kulbalarda yashashni afzal koʻradilar. Shaharlardagi zamonaviy meʼmorlikda temirbeton, oyna va plastmassadan keng foydalaniladi. Poytaxtda rasmiy muassasalar, bank, doʻkon, mehmonxonalar, ularning atrofida turar joylar qurilgan. JAR milliy badiiy sanʼat maktabi 17-a. oʻrtalarida uzoq vaqtdan beri shu yerda istiqomat qiluvchi yevropaliklar sanʼati taʼsirida vujudga keldi. Jan. Afrikaning birinchi haykaltaroshi A. Anreytning nemis barokko va rokoko uslubidagi asarlari Keyptaun va b. baʼzi shaharlar yirik meʼmoriy yodgorliklarini bezagan. 19-a. oʻrtalaridagi yevropalik rassomlardan T. U. Bouler va D. U. Angas afrikaliklar qiyofasini mehr bilan tasvirlagan. Afrikalik rassomlardan J. Sekotoning qitʼa tabiati va hayotini tasvirlovchi asarlari birinchi boʻlib yevropaliklar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Yogʻoch uymakori J. Kekan, rassom S. Mvusi, haykaltarosh S. Kumalo, tosh oʻymakori J. Kubxek va b. koʻpgina jamoat binolarini barpo etishda oʻz sanʼati bilan hissa qoʻshdilar. Mamlakat amaliy sanʼatida metallsozlik (temir bolta, pichoq, mis bilaguzuk, munchoq), kulollik, oʻymakorlik, koʻnchilik, toʻqimachilik, yogʻoch buyumlar ishlash kadimdan rivojlangan. 20-a. oʻrtalarida Keyptaunda Jan. Afrika rassomlari uyushmasi tuzildi. I. Stern (rassom ayol), grafik va yogʻoch oʻymakori L. Lipshits, manzarachi rassomlardan S. Sedibane, S. Zondi, M. Zvane va b.larning Jan. Afrika voqeligi va manzaralarini aks ettiruvchi asarlari mashhur.
 
Musiqiy madaniyati mamlakat tub joy aholisi va oq tanlilar musiqasidan iborat. Bushmen va gottentotlarning qad. musiqiy shakllari bilan bir qatorda zulu, kosa, venda va b.ning rivojlangan badiiy ijodiyoti mavjud. Maye., matebele va shona xalqlarining ommaviy qoʻshiqlarida koʻp ovozli usullardan keng foydalaniladi. 20-a.datub joy aholisining ijodi gurkirab rivojlana boshladi. Milliy, yevropa (xristian diniy qoʻshiqlari) hamda amerika (jaz, Lotin Amerika raqs usullari va b.) musiqa anʼanalarining uygʻunlashuvi negizida 1930—50 y.lari anʼanaviy qoʻshiqchilikning yangi — "kvela", "mbube", keyinchalik — "jayv" uslublari yuzaga keldi. JARning shaxar va qishloqlarida yashovchi oq tanli aholining qoʻshiq va raqslari ham oʻziga xos. Ingliz musiqachisi U. G. Bell 1912 y. Keyptaundagi Jan. Afrika kollejiga direktor boʻlgan paytdan musiqiy madaniyatni rivojlantirish yoʻlida koʻp ish qildi. 20-a.ning 1-yarmida P. Reynir, G. Fagan, B. Gerstman, A. van Veyk va b.ning kompozitorlik maktabi yuzaga keldi. 20-a.ning 2-yarmida milliy opera janri yaratildi. Uning eng yaxshi namunalaridan biri — "King-Kong" (muallifi T. Matchikiza, 1959) Yevropa va AQSH sahnalarida xam ijro etildi. G. Skosan va B. Leshoayning dolzarb mavzudagi operalariga xalq qoʻshiqchiligi anʼanalari singdirib yuborilgan. Qoʻshiqchilardan M. Makeba, J. Mogoton, N. Mdledle, P. Fango, T. Kumalolar mashhur. JAR universitetlarining musiqa ftlari musiqa taʼlimi va bu sohadagi ilmiy faoliyat markazlaridir. Yoxannesburg , Pretoriya va b. yirik shaharlardagi sanʼat ishlari kengashlari va musiqa jamiyatlari katta tashkilotchilik ishlarini olib boradi.