Kimyo sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 3:
Toʻqimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar — soda zavodlari Fransiyada 1793 y.da (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 y.da (Liverpul), Germaniyada 1843 y.da (Elba boʻyidagi Shyonebek sh.da), Rossiyada 1864 y.da (Barnaul)da qurildi. 19-a. oʻrtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya (1867), Rossiya (1892)da sunʼiy oʻgitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay boshladi. AQShda K.s. Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo boʻldi, lekin 1913 y.ga kelib kimyoviy mahsulotlar i.ch. hajmi boʻyicha jahonda 1-oʻringa chiqib oldi.
 
Oʻzbekistonda tegishli xom ashyo manbalari boʻlishiga qaramay 20-a.ning 30-y.larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
 
larigacha K.s. deyarli yoʻq edi. 1910-y.larda ohak kuydirish, oʻsimlik boʻyogʻi olish, oltingugurt i.ch., ishqoriy moddalar tayyorlash, sovungarlik bilan shugʻullangan bir qancha kichik korxonalar (12 sovun zavodi, neftni haydash zavodi, 2 boʻyoq f-kasi) boʻlgan.
 
Zamonaviy K.s.ning shakllanishi 1932 y. qadimdan oltingugurt qazib olingan Shoʻrsuv oltingugurt koni (Fargʻona vodiysi)ning ishga tushirilishi bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning 57% ini bergan va Itti-foqning oltingugurt mustaqilligini taʼminlashda muhim rol oʻynadi. K.s.ning eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kti 1940 y. okt.dan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940 y.da respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida K.s. hissasi 0,8% ni, K.s.da band boʻlgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil etgan, sanoat i.ch. fondining 7,4% K.s. hissasiga toʻgʻri kelgan.