Kislorod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: m3 → m³ (6) using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 8:
K. molekulasi 2 atom O2 dan iborat; havoga yoki K.ning oʻziga elektr uchqunlari taʼsir ettirilganda molekulasi 3 atom K. dan iborat ozon (O3) hosil boʻladi. K. ioni O2" ning radiusi (qavslarda koordinatsiyey sonlar keltirilgan) 0,121 nm(2), 0,124 nm(4), 0,126 nm(6) va 0,128 nm(8). K. molekulasi 1500° da toʻliq dissotsiatsiyalanadi.
 
Fizik hossalari. K. rangsiz, hidsiz va taʼmsiz gaz: — 182,9° da zichligi 1,14 g/sm³ boʻlgan havorang suyuqlikka aylanadi, — 218,7° t-rada esa qotib, koʻk kristall hosil qiladi. Kristall holdagi K. bir nechta modifikatsiyaga (a, fS, u — shakl oʻzgarishiga) ega. Gaz holatidagi K.ning zichligi (0° va normal bosimda) 1,42897 g/l. K. 1 m³ suvda (20° va 1atm.da) 0,031 m\ 0° da esa 0,049 m³, etanolda 0,2201 m³, atsetonda 0,2313 m³ eriydi.
 
da) 0,031 m\ 0° da esa 0,049 m³, etanolda 0,2201 m³, atsetonda 0,2313 m³ eriydi.
 
Kimyoviy qossalari. K. eng faol (ftordan keyin) metallmas element, yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Koʻp elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; ogʻir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mustasno. K. boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda — oksidlanish reaksiyalarida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaksiya). Odatdagi t-rada K. vodorod bilan nihoyatda sekin reaksiyaga kirishadi, 550° da esa reaksiya portlash bilan davom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor bilan normal sharoitda juda sekin reaksiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaksiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. K.ning azot bilan reaksiyasi endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradigan) reaksiya boʻlib, faqat 1200° da amalga oshadi. K. deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarini oson oksidlaydi. K.ning moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol oʻynaydi. Mac, kaliy oʻta faol metall boʻlishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) K. bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bugʻlari taʼsirida odatdagi t-rada kaliy K.da yona boshlaydi. K. metallarni oksidlab, korroziyaga sabab boʻladi. Baʼzi metall oksidlari K. bilan birikib, peroksid birikmalarni beradi. Katalizator ishtirokida ammiakning K. bilan oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil boʻladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalaniladi). Muhim issiqlik manbai — uglevodorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning K.da yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning K. bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir.