Komediya: Versiyalar orasidagi farq

2 bayt olib tashlandi ,  8 yil oldin
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
(Maqolaga matn qoʻshildi)
(Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi)
Oʻzbek adabiyotida Yevropa adabiyoti andozasidagi K.lar 20-a.da paydo boʻldi. Bu janr taraqqiyotiga -Hamza ("Maysaraning ishi"), Abdulla Qahhor ("Tobutdan tovush"), Sayd Ahmad ("Kelinlar qoʻzgʻoloni"), Erkin Voqidov ("Oltin devor"), Hamid Gʻulom ("Toshbolta oshiq"), Bahrom Rahmonov ("Surmaxon"), Sharof Boshbekov ("Temir xotin") va b. munosib hissa qoʻshdilar.
 
K.ning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tugʻdiradigan (V. Shekspirning "Xatolar komediyasi"), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, "Maysaraning ishi"), kishilar harakteridagi bemaʼni xususiyatlar kulgili qilib koʻrsatilgan (Molyer, "Tartyuf"; A.Qaxlor, "Ayajonlarim"; E.Vohidov, "Oltin devor") K.lar mavjud. Shuningdek, K.lar kulgining tavsifiga koʻra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida gʻazabnafrat uygʻotadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, "Revizor", A.Qahhor, "Tobutdan tovush"), yumoristik K. (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tugʻdiradigan K.— Gotssi, "Malikai Turandot", Sayd Ahmad, "Kelinlar qoʻzgʻoloni", Hamid Gʻulom, "Toshbolta oshiq") va tragikomediya (tragik va komik holatlar mujassamlashgan — R.Muhammadjonov, "Suyunchi" filmi) turlariga boʻlinadi. 20-a.da K.ning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.
 
da K.ning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi.
 
== Adabiyot ==
187 765

ta tahrir