Komi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 15:
Aholisi. Tub aholisi — komilar, shuningdek, ruslar, ukrainlar, beloruslar, tatarlar va b. yashaydi. Aholining 75% shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — komi va rus tillari. Dindorlar, asosan, xristianlar. Yirik shaharlari: Sektivkar, Vorkuta, Uxt a, Inta, Pechora, Sosnogorsk.
 
Tarixi. K. hududida aholi yuqori paleolit davridan yashab kelgan va asosan, ovchilik bilan shugʻullangan. Mezolit va neolit davrlarida Vichegda va Pechora havzasiga jan.dan kelgan qabi-lalar joylashib borgan. 2-ming yillikning boshida hozirgi komi (ziryan) xalqi avlodlarining qabilaviy birliklari shakllandi. 11 —14-a.larga oid manbalarda vichegdalik permlar nomi eslatib oʻtiladi. Ular oʻrta va quyi Vichegda havzasida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻtroq hayot boshlanib, hunar markazlari vujudga kelgan. Vichegdalik permlar 12— 14-a. lar davomida Novgorodga xiroj toʻlab turdi. 14-a.da Moskva knyazligining taʼsiri kuchaydi. 14-a. oxiridan aholi xristian diniga oʻta boshladi. 1478 y. Komi oʻlkasi rasmiy ravishda Rus davlati tarkibiga qoʻshib olindi. 15— 18-a.larda muhim savdo yoʻllari (Vyatka-Kama havzasi — Arxangelsk va Velikiy Ustyug — Sibir) Komi oʻlkasi orqali oʻtardi. 18-a.da bir necha savdo markazi paydo boʻldi. Choʻyan quyish zavodlari, neft haydash korxonalari va h.k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a.ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon koʻtardi. 1918 y. yanvar—mart oylarida K.da shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1921 y. avg .da RSFSR tarkibida K. (Ziryan) muxtor viloyati tuzildi, u 1936 y.da K. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990 y. suverenitet haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq, 1992 y.da K. Respublikasi maqomini oldi.
 
da bir necha savdo markazi paydo boʻldi. Choʻyan quyish zavodlari, neft haydash korxonalari va h.k. qurildi. Komi xalqi tarkib topdi. 19-a.ning 1-yarmida dehqonlar Rossiya davlati va mahalliy ekspluatatorlar zulmiga qarshi ommaviy isyon koʻtardi. 1918 y. yanvar—mart oylarida K.da shoʻro hokimiyati eʼlon qilindi. 1921 y. avg .da RSFSR tarkibida K. (Ziryan) muxtor viloyati tuzildi, u 1936 y.da K. muxtor respublikasiga aylantirildi. 1990 y. suverenitet haqidagi Deklaratsiyaga muvofiq, 1992 y.da K. Respublikasi maqomini oldi.
 
Xoʻjaligida ogʻir sanoat tarmoqlarining ulushi katta: elektroenergetika, koʻmir, neft, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash, oʻrmon sanoati yetakchi oʻrinda. Energetika-sini bir qancha issiqlik elektr stansiyalari va Pechora GRES tashqil etadi. Yiliga oʻrtacha 10,1 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Yogʻoch, asosan, Vichegda, Pechora va Mezen havzalarida tayyorlanadi. Yogʻochsozlik, mebel, sellyulozaqogʻoz sanoati barpo etilgan. Timan-Pechora neft-gaz konlari negizida neft va gazni qayta ishlash sanoati rivoj topgan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari Sektivkar, Uxt a, Nyuvchim, Inta, Shelyayurda joylashgan. Qurilish ashyolari koni (gʻisht, sement, ohak, temir-beton konstruksiyalar) i.ch. yoʻlga qoʻyilgan. Yengil sanoat korxonalari koʻn-poyabzal k-ti, tikuvchilik f-kalari va b.dan, oziq-ovqat sanoati sut zavodlari, goʻsht k-tlari, toʻz olish zavodi, un k-ti, qandolat va makaron f-klaridan iborat. Asosiy sanoat markazlari: Sektivkar, Uxt a, Vorkuta, Inta, Pechora.
Qator 29 ⟶ 27:
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. K.dagi 592 kunduzgi umumiy taʼlim maktabida 196 ming , 20 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 15 ming oʻquvchi, 3 oliy oʻquv yurti (Sektivkar universiteti, ped. instituti, Uxtadagi industrial institut)da 11 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. K.da Rossiya FA Ural boʻli-mining K. ilmiy markazi, Pechora koʻmir i.t. instituti, K. tibbiyot instituti, q.x. tajriba stansiyasi va b. ilmiy muassasa hamda loyihakonstruktorlik tashqilotlari mavjud. K.da madaniyat uylari, ommaviy kutubxonalar, 4 teatr, 5 muzey, sport maktablari bor. Respublika radio va televideniyesi, Sektivkar, Vorkuta va Uxtada telemarkazlar ishlaydi.
 
Adabiyoti. Qad. xalq ijodiyoti: qoʻshiq, ertak, afsona, rivoyatlarda komilar turmushi va qalbi ifodalangan. K. yozma adabiyotiga shoir I.A.Kuratov (1839—75) asos solgan. U oʻz sheʼrlarida xalqning ogʻir chayoti va orzu-umidlarini aks ettirgan. 20-y.larda poeziya va dramaturgiya yetakchi janrlarga aylandi. A.V.Savin, M.N.Lebedev, V.I.Litkin, V.T.Chistalev va b. yozuvchilar xalq ogʻzaki ijodi va rus adabiyoti anʼanalariga tayanib ijod qildi. Shoirlar xalq jasorati va ona yurt tabiatini kuyladi. 20-y.larning 2-yarmida proza yetakchi janr boʻlib qoldi. 30-y.larda K. adabiyoti yanada ravnaq topdi. Yirik nasriy asarlar — qissa va romanlar (G.A.Fyodorovning "Qishloq tongi", I.V.Izʼyurovning "Timka brigadasi" va b.) paydo boʻldi. K. yozuvchilarining koʻpi 2-jahon urushida qatnashdi. S.A.Popov, I.M.Vavilin, N.M.Dyakonov kabi yosh yozuvchlar jangchilar jasoratini va front orqasidagi mehnatni ulugʻlagan asarlar yaratdi. Keyingi yillarda xalqning oʻtmish va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi "Tundra chiroqlari" (V.V.Yuxnin), "Ikki dust" (Ya.M.Rochev), "Tongda" (G.A.Fyodorov) va b. romanlar yaratildi.
 
larning 2-yarmida proza yetakchi janr boʻlib qoldi. 30-y.larda K. adabiyoti yanada ravnaq topdi. Yirik nasriy asarlar — qissa va romanlar (G.A.Fyodorovning "Qishloq tongi", I.V.Izʼyurovning "Timka brigadasi" va b.) paydo boʻldi. K. yozuvchilarining koʻpi 2-jahon urushida qatnashdi. S.A.Popov, I.M.Vavilin, N.M.Dyakonov kabi yosh yozuvchlar jangchilar jasoratini va front orqasidagi mehnatni ulugʻlagan asarlar yaratdi. Keyingi yillarda xalqning oʻtmish va zamonaviy hayotini aks ettiruvchi "Tundra chiroqlari" (V.V.Yuxnin), "Ikki dust" (Ya.M.Rochev), "Tongda" (G.A.Fyodorov) va b. romanlar yaratildi.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Respublika hududida mezolit davriga oid geometrik naqshli yogʻoch va tosh asboblar, turli rasmlarga boy shisha idishlar, suyak buyumlar topilgan. Respublikaning oʻrmonga boyligi yogʻoch meʼmorligining rivojlanishiga imkon berdi. Ibodatxonalar yogʻoch va toshdan ishlangan (18-a.). Susol va vim uslubidagi uylar goʻzal va ifodali. 19-a.da 1—2 qavatli, baland poydevorli serqasham va yogʻoch uylar qoʻproq qurilgan. Tomi ikki tomonga nishab qilingan. Derazalari oqqa boʻyalgan, ustki taxtasi hashamdor qilib yasalgan. 20-a.da Sektivkarda qurilish ishlari avj oldirildi. Vorkuta (1943), Uxt a (1943), Pechora (1949) va b. shaharlar barpo etildi, 5—9 qavatli gʻishtin va yirik panelli uylar, koʻplab jamoat binolari va b. qurildi.
 
K. xalq sanʼati, asosan, kiyim va roʻzgʻor buyumlarini tayyorlashdan boshlangan. Har bir joyning sevimli ranglari bor: jan.da ayol bosh kiyimlari va koʻylaklari juda mayda zich kashtali qilib, koʻpincha, qizil va qora rangda tikiladi. Shim.da moʻynali kiyimlar, koʻlqoplar, sumkalar qizil, koʻk, yashil rangdagi movut parchalari bilan "mozaika" usulida bezatiladi. Qayin poʻstlogʻidan turli buyumlar toʻqish keng rasm boʻlgan. Professional tasviriy sanʼati 20-a.ning 20-y.larida paydo boʻldi. V.V.Polyakov asos solgan kitob grafikasi, plakat va gaz. suratkashligi M.P. Beznosov, V.P. Malaxov, V.A. Bausovlar tomonidan rivojlan-tirildi. 40-y.larda tarixiy mavzuda manzara va rasm chizish (V.G.Postnikov), portretlar yaratish (M.P.Beznosov) avj oldi. 40—50y.larda dastlabki syujetli rasmlar va portretlar yaratildi. Haykaltaroshlik, oʻymakorlik sanʼati paydo boʻldi. Keyingi yillarda sanʼatning barcha tarmoqlari ravnaq topdi. Xalq hunarmandchiligi turlarida yogʻoch oʻymakorligi, yogʻochsozlik, moʻynachilik, kashtachilik, koʻnchilik, kulollik, toʻqimachilik rivoj topgan.
 
larda tarixiy mavzuda manzara va rasm chizish (V.G.Postnikov), portretlar yaratish (M.P.Beznosov) avj oldi. 40—50y.larda dastlabki syujetli rasmlar va portretlar yaratildi. Haykaltaroshlik, oʻymakorlik sanʼati paydo boʻldi. Keyingi yillarda sanʼatning barcha tarmoqlari ravnaq topdi. Xalq hunarmandchiligi turlarida yogʻoch oʻymakorligi, yogʻochsozlik, moʻynachilik, kashtachilik, koʻnchilik, kulollik, toʻqimachilik rivoj topgan.
 
Musiqa folklori qoʻshiq janridan iborat. Qad. K. qoʻshiqlari past pardalarda ravon aytiladi. Keyingi davr qoʻshiklari keng diapazonda ijro etilishi bilan ajralib turadi. Yakkaxon va xor (odatda, 2 va 3 ovozli) ijrochilik sanʼati tarqalgan. Cholgʻu asboblaridan uch torli sugudek (kamonli va chertma), 4—7 torli brungan (katta hajmdagi urma soz), puflab chalinadigan orkestr asboblaridan chipsan, pelyan va b. bor. Ular ichida balalayka va garmon salmoqli oʻrin tutadi.