Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IanraBot (munozara | hissa)
k clean up, replaced: km2 → km² using AWB
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 16:
Hoz. M. hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Mil. av. 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (mil. av. 2-a.) Shimoliy M. Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, M. ning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. 5-a.da M.ning shim. kismini vandallar, 6-a.da Vizantiya bosib oldi.
 
702—711 y.larda M. hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 y. M.dagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-a.ning 20-y.larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-a.ning 2-yarmida M.da hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-a.da mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan M. hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
 
ning 20-y.larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-a.ning 2-yarmida M.da hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-a.da mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan M. hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
 
17-a. oxiri va 18-a. boshlarida marokashliklar yevropaliklarni M.dan, asosan, haydab chiqardilar. 19-a.ning 40-y.laridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844 y. Fransiya, 1859 y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907 y. Fransiya qoʻshinlari M.ning shim.-sharqidagi Vujda sh. atroflarini, soʻngra Kasablanka sh. va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya sh. atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912 y. tuzilgan Fransiya-M. (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyabr) shartnomalariga koʻra, M. hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shim. va jan. qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.