Ming bir kecha: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 1:
"MING BIR KECHA" (arab. "Alif layla va layla") — oʻrta asr arab adabiyoti yodgorligi. Asosan, 15-a.da arab tilida tarkib topgan ertaklar toʻplami (qoʻlyozmalari 17—19-a.larga mansub). Asarning yaratilish tarixi, qaysi xalqning adabiy merosi ekanligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Tadqiqotchilarning xulosalariga koʻra, "M.b.k." toʻplamidagi ertak va hikoyatlarni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: qad. davrga mansub hind-eron, oʻrta davrga mansub Bagʻdod va soʻnggi davrga mansub Misr ertaklari. "M.b.k."ning eng qad. asosi hind-eron ertaklaridan iborat eroncha "Hazor afsona" ("Ming ertak") toʻplami boʻlib, u 8-a.da fors tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Oʻsha davrdayoq "Ming kecha" nomini olgan ushbu tarjima matni saqlanib qolmagan, uning aniq tarkibi haqida ham hech qanday maʼlumot yoʻq.
 
Arab olimi Ibn an-Nadimning yozishicha, bagʻdodlik adib al-Jahshiyoriy (942 y. v.e.) mazkur "Hazor afsona"ga oʻxshatib "Ming kecha" nomli ertaklar toʻplamini tuzishga kirishgan, biroq 480 ta toʻplagan paytda vafot etgan. 9— 10-a.larga mansub, hind-eron va arab (Bagʻdod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) ertaklaridan iborat "Ming kecha" toʻplami 12—13-a.larda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar bilan boyigan. Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "M.b.k." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Nemis olimi Litmann bu oʻzgarishni turkchada noaniq koʻplikni anglatadigan "bin bir" (ming bir) iborasi bilan bogʻlaydi. Keyinchalik esa "Ming bir" iborasi toʻplamdagi kechalarning aniq miqdori maʼnosida qabul etilgan va toʻplamni shu nomga moslash uchun unga qoʻshimcha materiallar kiritilgan (17-a.da asar hozirgi tugallangan shaklga keldi).
 
larga mansub, hind-eron va arab (Bagʻdod, Basra kabi shaharlarda yaratilgan) ertaklaridan iborat "Ming kecha" toʻplami 12—13-a.larda Misrda yangidan-yangi mahalliy ertaklar bilan boyigan. Majmuaning "Ming kecha" oʻrniga "M.b.k." deb atala boshlanishi ham shu davrga toʻgʻri keladi. Nemis olimi Litmann bu oʻzgarishni turkchada noaniq koʻplikni anglatadigan "bin bir" (ming bir) iborasi bilan bogʻlaydi. Keyinchalik esa "Ming bir" iborasi toʻplamdagi kechalarning aniq miqdori maʼnosida qabul etilgan va toʻplamni shu nomga moslash uchun unga qoʻshimcha materiallar kiritilgan (17-a.
 
da asar hozirgi tugallangan shaklga keldi).
 
"M.b.k." asarining mazmuni, voqealar tasnifi turli davrlar, Sharq xalklari va mamlakatlarining tarixi bilan uzviy bogʻliq. Asar 300 dan ortiq qissa va hikoyalardan iborat boʻlib, ularda Sharq xalqlarining urf-odatlari, orzu-umidlari, tarixi, sarguzashtlari uz ifodasini topgan; xudbinlik, ochkoʻzlik, maishiy buzuklik, johillik kabi illatlar qoralanib, poklik, rostgoʻylik, donolik, kamtarlik, sahiylik singari fazilatlar ulugʻlangan.