Musiqashunoslik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 7:
Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlari musiqa sanʼati qonunqoidalari tizimini oʻrganuvchi ilmi musiqiy (musiqa ilmi) 8—9-a.larda (Yunus al-Kotib, Xalil ibn Ahmad) shakl topgan. Ilmi tpaʼlif, ilmi iyqo va ilmi advorpan tarkib topib, musika nazariyasi, tarixi, ijodiyoti va ijrochiligi masalalari haqida bahs yuritgan. 14—15-a.lar manbalarida "ilmi advor" deb ham atalgan. Markaziy Osiyo madaniyatida ilmi musiqiy asosan 3 ta uslubiy yoʻnalishda rivojlangan: 1) musiqa ijodiyoti anʼanalarini Yunoniston (Aristotel, Aristoksen, Ptolemey) mantiq ilmi, mat.si va fizikasi qonunqoidalari negizida umumlashtirishga asoslangan ilmiyratsi-onalistik yoʻnalish (Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox, al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Qutbiddin ash-Sheroziy, Faxriddin ar-Roziy va b.); 2) muayyan bir ijodiy uslub, maktab yoki musiqaning maʼlum bir soxasi (ashula yoki cholgʻu ijrochiligi va h. k.)ni amaliy oʻzlashtirishga moʻljallangan amaliy-empirik yoʻnalish (Banu Muso, Yahyo al-Munajjim, Safiuddin al-Urmaviy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va b.); 3) Qurʼon, hadislar, shariat arkonlari va tasavvuf gʻoyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda musiqaning maʼnaviy mo-hiyati, tarbiyaviy ahamiyati masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan diniy-maʼnaviy yoʻnalish (Kalobodiy Buxoriy, Abu X°mid Gʻazoliy, Boqiyo Noiniy, Ziyouddin Naxshabiy, Nurasad Chishtiy, Abdulhaq Dexlaviy, Hujviriy, Abbodiy va b.). Oxirgi yoʻnalishda ilmi musiqiy koʻp hollarda "samoʼ" deb atalgan. Temuriylar davrida ilmiyratsionalistik va amaliy-em-pirik uslublarni oʻzaro mujassamlashtirishga yoʻnaltirilgan taʼlimotlar vujudga keldi (Abdulqodir Marogʻiy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Kavkabiy va b.)- Ilmi musiqiyning muammolar tizimi musiqaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, maʼnaviy, tarbiyaviy ahamiyati, kuy turlari (alhon) va janrlari, nagʻma, buʼd, jins, jam, iyqo, intiloqot (intonatsiya), taʼlif (ijod, kompozitsiya), cholgʻushunoslik (sinoatil-olat) va b. masalalardan tarkib topib, ularni oʻrganishda mat. (riyoziyot), fizika (ilmi tabiiy), geometriya (handasa), mantiq va b. fanlar krnunqoidalari, isbot vositalari keng tatbiq etilgan. 20-a.ning boshlaridan ilmi musiqiy Yevropa va jahon musiqashunosligining ilgʻor uslubiy tamoyillari bilan boyitilib, zamonaviy musiqa sharqshunosligining tari-xiy, uslubiy negizi va tarkibiy kismi sifatida rivojlangan (mas, A. Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi", 1927 — arab alif-bosida; yangi nashri, T., 1993).
 
Oʻzbekistonda keng qamrovli M. 20-a.dan rivoj topa boshladi. 1920— 30 y.larda paydo boʻlgan ilk M. asarlari, asosan, shu davrda toʻplana boshlagan oʻzbek musiqa merosini tizimli oʻrganishga (V. Uspenskiy, N. Mironov, Ye. Romanovskaya, Il. Akbarov va b.ning maqola va kitoblari), milliy cholgʻu asboblarni tasniflashga (V. Belyayev) qaratilgan. Oʻzbekiston kompozitorlik musiqa madaniyatiga oid birinchi yirik tadqiqot ("Oʻzbek musiqasining rivojlanish yoʻllari", rus tilida) 1946 y.da yaratilgan. Keyingi davrda oʻzbek musikashunosligi, asosan, musika merosini keng miqyosda toʻplash va tadqiq qilish (mas, "Oʻzbek xalq musiqasi", 1—9-j.lar, T., 1955—66; "Shashmaqom", I—VI jildlar, T., 1966—75; I. Rajabov, "Maqomlar masalasiga doyr", T., 1963; F. Karomatov, "Oʻzbek xalq musiqasi merosi", 1 — 2:j., T., 1978—83; T. Gʻafurbekov, "Oʻzbek professional musiqa ijodining folklor manbalari", T., 1984"), ayrim janrlarning shakllanishi (mas, Ya. Pekker, "Oʻzbek operasi", M., 1963, 2nashr, 1984; N. Yanov-Yanovskaya, "Oʻzbek simfonik musikasi", T., 1979, rus tilida; T. Gʻafurbekov, "Milliy monodiyaning ijodiy resurelari va bularning zamonaviy oʻzbek musiqasida saykal topishi", T., 1987, rus tilida); oʻzbek musiqasining 20-a. tarixi ("Oʻzbek sovet musikasi tarixi", 1—3 j., T., 1972—1991, rus tilida), Sharq allomalari ilmiy merosi (mas, O. Matyoqubov, "Forobiy Sharq musiqa asoslari haqida", rus tilida, T., 1986; A. Nazarov, "Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida", T., 1995), oʻzbek sozanda va xonandalari faoliyati ("Oʻzbek xalq sozandalari", 1—2-kitob, T., 1959—74), musika chol-gʻulari va cholgʻu musiqasi (F. Karomatov, "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1972; T. Vizgo, "Urta Osiyo musika cholgʻulari", M., 1981, rus tilida) va b. masalalarga oid yirik asarlar, tadqiqotlar, toʻplamlar yaratildi. 20-asrning soʻnggi choragida tan olingan bir qancha dareliklar oʻzbek tiliga (T. Gʻafur-bekov tahririda) tarjima qilindi, ilk musiqa lugʻatlari (Il. Akbarov) va yangi dareliklar (T. Qurbonov, O. Azimova) yaratildi. Oʻzbek musikashunoslari xalqaro musiqa anjumanlarida faol qatnashadi, ularning asarlari chet ellarda nashr etilgan. O'zbekiston musiqashunosligiga Il. Akbarov, Ya. Pekker, T. Vizgo, F. Karomatli, I. Rajabov, A. Jabborov, S. Galitskaya, N. YanovYanovskaya, T. Gʻafurbekov, R. S. Abdullayev, O. Matyoqubov, A. Nazarov, R. Yunusov va b. salmokli qissa qoʻshgan.
Oʻzbekistonda keng qamrovli M. 20-a.
 
dan rivoj topa boshladi. 1920— 30 y.larda paydo boʻlgan ilk M. asarlari, asosan, shu davrda toʻplana boshlagan oʻzbek musiqa merosini tizimli oʻrganishga (V. Uspenskiy, N. Mironov, Ye. Romanovskaya, Il. Akbarov va b.ning maqola va kitoblari), milliy cholgʻu asboblarni tasniflashga (V. Belyayev) qaratilgan. Oʻzbekiston kompozitorlik musiqa madaniyatiga oid birinchi yirik tadqiqot ("Oʻzbek musiqasining rivojlanish yoʻllari", rus tilida) 1946 y.da yaratilgan. Keyingi davrda oʻzbek musikashunosligi, asosan, musika merosini keng miqyosda toʻplash va tadqiq qilish (mas, "Oʻzbek xalq musiqasi", 1—9-j.lar, T., 1955—66; "Shashmaqom", I—VI jildlar, T., 1966—75; I. Rajabov, "Maqomlar masalasiga doyr", T., 1963; F. Karomatov, "Oʻzbek xalq musiqasi merosi", 1 — 2:j., T., 1978—83; T. Gʻafurbekov, "Oʻzbek professional musiqa ijodining folklor manbalari", T., 1984"), ayrim janrlarning shakllanishi (mas, Ya. Pekker, "Oʻzbek operasi", M., 1963, 2nashr, 1984; N. Yanov-Yanovskaya, "Oʻzbek simfonik musikasi", T., 1979, rus tilida; T. Gʻafurbekov, "Milliy monodiyaning ijodiy resurelari va bularning zamonaviy oʻzbek musiqasida saykal topishi", T., 1987, rus tilida); oʻzbek musiqasining 20-a. tarixi ("Oʻzbek sovet musikasi tarixi", 1—3 j., T., 1972—1991, rus tilida), Sharq allomalari ilmiy merosi (mas, O. Matyoqubov, "Forobiy Sharq musiqa asoslari haqida", rus tilida, T., 1986; A. Nazarov, "Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida", T., 1995), oʻzbek sozanda va xonandalari faoliyati ("Oʻzbek xalq sozandalari", 1—2-kitob, T., 1959—74), musika chol-gʻulari va cholgʻu musiqasi (F. Karomatov, "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1972; T. Vizgo, "Urta Osiyo musika cholgʻulari", M., 1981, rus tilida) va b. masalalarga oid yirik asarlar, tadqiqotlar, toʻplamlar yaratildi. 20-asrning soʻnggi choragida tan olingan bir qancha dareliklar oʻzbek tiliga (T. Gʻafur-bekov tahririda) tarjima qilindi, ilk musiqa lugʻatlari (Il. Akbarov) va yangi dareliklar (T. Qurbonov, O. Azimova) yaratildi. Oʻzbek musikashunoslari xalqaro musiqa anjumanlarida faol qatnashadi, ularning asarlari chet ellarda nashr etilgan. O'zbekiston musiqashunosligiga Il. Akbarov, Ya. Pekker, T. Vizgo, F. Karomatli, I. Rajabov, A. Jabborov, S. Galitskaya, N. YanovYanovskaya, T. Gʻafurbekov, R. S. Abdullayev, O. Matyoqubov, A. Nazarov, R. Yunusov va b. salmokli qissa qoʻshgan.
 
Toshkent (2002 y.dan O'zbekiston) davlat konservatoriyasida 1940-y.lardan eʼtiboran M.ning tarixiy, nazariy, folklorshunoslik, 1972 y.dan musiqiy sharqshunoslik, musiqiy tanqid va jurnalistika yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot itida nomzodlik (1981—92), dlik hamda nomzodlik (1992 y.dan shu kunga qadar) dissertatsiyalari boʻyicha ixtisoslashgan kengash faoliyati doirasida O'zbekiston, Markaziy Osiyo va Zakavkazye M.gi uchun ilmiy darajali kadrlar tadqiqotlari himoyasi oʻtkaziladi. Ikkala muassasada M.ka doyr aspirantura va doktorantura ochilgan. Abdumannon Nazarov, Toʻxtasin Gʻafurbekov. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>