Naqsh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Qatorga koʻchirish toʻgʻrilandi
Qator 12:
Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni N. (bezak)siz tasavvur qilish qiyin. Oʻrta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli oʻlkalar bilan madaniyiqtisodiy aloqalar N. ning rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
 
20-a. boshqa sohalar qatorida amaliy sanʼat anʼanalarining yangi rivojlanish davri boʻldi. 30-y.lardan yirik jamoat va maʼmuriy binolar qurilishi rivojlandi, badiiy buyumlar i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Oʻzbekiston ta-rixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi sa-royi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, "Xotira" maydoni, Imom Bu-xoriy yodgorlik majmuasi, Oliy Majlis, Oʻzbek milliy drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolarining turli texnika, usullar bilan ishlangan N.lar hisobiga kurkam qilingani qad. anʼanalarning tiklanganligi, yangi mazmun bilan boyib bo-rayotganligiga yorqin dalildir. Xalq ustalari Us t a Shirin, Yu. Musayev, T. Arslonkulov, Q. Jalilov, Sh. Gʻafurov, S. Xoʻjayev, N. Ibrohimov, M. Qosimov, U. Zufarov, Q. Haydarov, U. Ahmedov, O. Polvonov, T. Toʻxtaxoʻjayev, O. Qosimjonov, J. Hakimov, Yo. RaNaqsh bilan bezatilgan quticha (20-a. oʻrtalari, Toshkent).ufov, A. Boltayev, aka-uka J. va B. Jalilovlar, S. Xudoyberganov, H. Rahimov va b. yaratgan asarlar 20-a. oʻzbek milliy naqqoshligining yorqin namunalariga aylandi.
 
ufov, A. Boltayev, aka-uka J. va B. Jalilovlar, S. Xudoyberganov, H. Rahimov va b. yaratgan asarlar 20-a. oʻzbek milliy naqqoshligining yorqin namunalariga aylandi.
 
Kulollik, zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va b. sohalarda N. bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga fayz kiritadi. Us t alar yangi usullarni qoʻllab, yangi mazmun bilan boyitilayotgan N.lar yaratmoqda. Bu jarayonda naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, A. Asqarov, O. Fayzullayev, S. Shukurov va b. yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar. Ular yaratgan bezaklarda "kundal", "mehrobi", "bodom", "buta", "chorgul", "shobarg", "oygul", "zanji-ra" N. turlari koʻp uchraydi. Ushbulardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston musta-qilligidan keyin barcha sanʼatlar qatorida amaliy sanʼat turlari, shulardan N., naqqoshlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi ham jadal rivojlanmoqda, ularda qad. unutilayotgan anʼanalar qayta tiklanayotgani, N. turlari kengayotgani va islimiy N.ning bir necha turlari uygʻunlashayotgani kuzatiladi. Naqqoshlar ham 1995 y.dan Toshkent sh.da YUNESKO tashkil etgan xalq hunarmandligi yarmarkasi, Parij sh.da oʻtkazilgan Amir Temurning 660 yilligi tantanalari koʻrgaz-masi va b.da qatnashib kasbiy maxr-ratlarini namoyish etdilar.